61
Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat asosida xodimlarning barcha
toifalari – mutaxassisdan tortib har qanday darajadagi rahbargacha –
ularga nisbatan tashkilot talablariga
qarab ish tutishlari, personalga
nisbatan boshqarishning yuqori darajadagi rahbarlar harakatlarini
tushunish, shaxsiy amaliy karerani yaratishda o‘z istiqbollarini aniq
ko‘rishlari mumkin. Tarkibiy bo‘linma
rahbarlari kadrlar
jarayonlarining umumiy nuqtayi nazariga ega bo‘ladilar, kadr
siyosatini amalga oshirish uchun yondashuvning birligini ta’minlash,
personalga bo‘lgan talabni belgilashda harakatlarni muvofiqlashtirish
va hamkorlikka intilish, kadrlarga nisbatan korporativ xulq
standartlarini ta’minlashga ega bo‘ladilar. Boshqaruvning barcha
darajalarida kadrlar qarorlari ma’lum kadrlar ustuvorliklarini amalga
oshirishga yordam beradi. Masalan, tashkilotda boshqaruvning o‘rta
va quyi darajadagi rahbarlariga
ilgari ularga ishonilmagan
vakolatlarni berish ularning mas’uliyati va obro‘sini oshirishga
hamda korporativ madaniyatini mustahkamlashga olib keladi.
Vakolatlarni kengaytirish ular oldida keyingi rivojlanish vazifasini
aniq qo‘yadi, chunki tarkibiy bo‘linmalardagi kadrlar siyosatini
amalga oshirish bo‘yicha ish rahbarlarni
mehnat va ular bilan
bog‘liq munosabatlar sohasida o‘z malakalarini oshirishga majbur
qiladi. Oshkora kadrlar siyosati «tashqi dunyoda» tashkilotning
ijobiy
obro‘-e’tiborini mustahkamlaydi. Kadrlar siyosati
to‘g‘risidagi hujjat asosida personalni moslashtirish, rivojlantirish,
o‘qitish mumkin, tashkilotda bitta jamoani tezkor ravishda
yaratish mumkin.
Tashkilotning hujjatlashtirilgan
kadrlar siyosati kamchi-
liklariga samarasizlik va sekinlik kiradi.
Korxonaning kengayib borishi va bozor kon’ynkturasiga tez
moslashishi natijasida kadrlar siyosatiga o‘zgartirish kiritishi shart
bo‘ladi. Shuning uchun kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjatga
vaqti-vaqti bilan tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish kerak
bo‘ladi.
Kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish tashki-
lotda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.