64
darajasi; mavjud xodimlarning miqdori va sifat tavsifnomalari,
istiqbolda ularni o‘zgartirish yo‘nalishlari;
Kadrlar siyosati quyidagi prinsiplarda tuziladi:
–
rejalilik va komplekslilik;
–
ishchanlik, samaradorlik;
–
boshqarish tizimining moslashuvchanligi;
–
teng imkoniyatlar;
–
mehnatga adolatli mukofoti;
–
ijtimoiy himoya;
–
korporatsiya manfaatlari bilan cheklanganlik;
–
ochiqlik, xabardorlik;
–
qayta bog‘lanishni ta’minlash: kompaniya – xodim –
kompaniya.
Kompaniyaning kadrlar siyosatining obyekti kadrlar hisobla-
nadi.
Kompaniya kadrlar siyosatining ustuvorliklari inson kapitalini
saqlash va yanada ko‘paytirish, kasbiy, amaliy, shaxsiy bilimlarni,
qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish va ketma-ketlik asosida
zamonaviy standartlarga javob beruvchi yuqori darajadagi
mahoratni ta’minlashdir.
Kompaniya xodimlarga quyidagi talablarni belgilaydi:
1. Kompleks vazifalarni hal qilish, muntazam va dinamik ish-
lash, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi mahorat.
2. Ishlarni bajarish sifati va kompaniya
mol-mulkining saqla-
nishi, shuningdek, vazifalarning bajarilish me’yor, qoida va
muddatlariga rioya qilishda intizomliligi uchun yuqori javob-
garlikni talab qilish sharti.
3. Kompaniya va xodim maqsadlarining birligini aks ettiruv-
chi, tashkilotning barqaror rivojlanishiga
imkon beruvchi qaror-
larning qabul qilinishini ta’minlovchi vijdoniylik va to‘g‘rilik.
Ko‘rsatilgan talablarga munosib xodimlarni moddiy muko-
fotni oshirishda kadrlar xizmati ishining ustuvor yo‘nalishidir.
Kadrlar siyosatining tuzilishi bir qator o‘zaro bog‘langan
jarayonlarni ifodalaydi:
–
kadrlar statistikasi va tahlili orqali kompaniyaning istiqbolli
rejalariga muvofiq kadrlarga bo‘lgan miqdor va sifat talabini
65
rejalashtirish, sotsiologik tadqiqotlar va statistika ma’lumotlarini
qayta ishlash;
–
kompaniyada ishlash uchun yuqori malakali va tajribali
mutaxassislarni izlash, kasbiy va psixofiziologik tanlash;
–
yangi qabul qilingan xodimlarni
qabul qilish va samarali
manzilli moslashishni kuzatish;
–
kompaniya xodimlari bilan intizomiy munosabatlarni
kuzatish;
–
personalni baholash va attestatsiya qilish;
–
personalning lavozimi o‘sishini boshqarish, samarali
joylashish va rejalashtirish,
Shu jumladan, yuqori lavozimlarga
ko‘tarilishi uchun zaxirani shakllantirish;
–
kompaniya personalining uzluksiz, kasbiy ta’limi va
malakasini oshirish;
–
ishdan bo‘shatilgan va qisqartirilgan xodimlar bilan manzilli
ishlash;
–
yosh mutaxassislar, o‘quv yurtlari bitiruvchilarini jalb etish
va
biriktirish, yangi qabul qilingan xodimlardan faoliyatning
o‘ziga xos xususiyatlariga ega va kompaniya manfaatlariga sodiq
bo‘lgan yuqori darajali professionallarni shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: