60
–
kadrlarni kasbiy rivojlantirishda tashkilotning moliyaviy
imkoniyatlari;
–
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat
sharoitlari hamda moddiy rag‘batlantirish bilan qoniqqanlik
maqsadida tashkilotning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasini
o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish.
O‘tkazilgan tahlil va joriy kadrlar holati tendensiyasini
baholash tashkilotning kadrlar siyosatini ishlab chiqishning
muhim qismi hisoblanadi.
5
Kadrlar tarkibini tahlil qilish natijalariga ko‘ra turli darajadagi
kasb, mutaxassislik va ixtisoslikda xodimlarga bo‘lgan talab
prognoz qilinadi. Tashkilotning kadrlarga bo‘lgan talabni prog-
nozlash tashkilotning iqtisodiy xizmatlari orqali amalga oshiriladi
va qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (besh yilgacha) va
uzoq muddatli (besh yildan ortiq) bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: