S xolmuratov korxonada kadrlar


Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

3.2.Xodimlarning mehnat faoliyatini rejalashtirish 
 
Kadrlar  siyosatining  eng  muhim  tarkibiy  qismlaridan  biri 
xodimlarni  rejalashtirishdir.  Kompaniya  xodimlarini  rejalash-


83 
tirishning asosiy maqsadi - kundalik ishlarda xodimlarning barcha 
toifalari  manfaatlarini  hisobga  olishni  ta’minlash.  Kompa-
niyalardagi barcha asosiy bo‘linmalar faoliyatini kadrlar siyosatini 
aniq  rejalashtirish,  ishlab  chiqish  va  takomillashtirishsiz  amalga 
oshirishi mumkin emas. Xodimlarni rejalashtirish, yaqin kelajakda 
tashkiliy reja va dasturlarni ishlab chiqishda amalga oshiriladi, bu 
esa  xorijiy  tashkilotda  ishlab  chiqarish  vazifalarini  bajarilishini 
ta’minlaydi.  Xodimlarni  rejalashtirish  kompaniyadagi  maxsus 
xizmat  vazifasi  hisoblanadi.  Odatda  statistika  ma’lumotlarini 
to‘plash,  xodimlarning  holatini  tahlil  qilish,  xodimlarning  reja 
loyihalarini  ishlab  chiqish  va  uni  tasdiqlash  bo‘yicha  qaror  qabul 
qilishda ishtirok etishni rejalashtirish bo‘limlari tashkil etiladi. 
Umuman  kadrlar  bo‘linmalari  xodimlar  harakati,  lavozimi, 
xodimlarning  aylanishi  va  kompaniyada  yangi  bo‘sh  lavo-
zimlarning paydo bo‘lishini taxmin qilish uchun mo‘ljallangan. 
Inson  resurslarining  miqdor  va  malakaviy  sifat  ko‘r-
satkichlarini  rejalashtirishning samarali muhim sharti hisoblanib, 
kadrlar  bo‘limining  vazifasiga  kirib,  xodimlarni  rejalashtirish 
kompaniyaning  texnik  rivojlanishiga  samarali  ta’sir  ko‘rsatadi  va 
texnologik  omillar  ham  o‘z  navbatida,  xodimlarni  rejalashtirish 
mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Xodimlarni  rejalashtirish  jarayonidagi    muhim  element  – 
kompaniya xodimlarining vazifalarini aniq belgilash va u quyida-
gilardan iborat: 
lavozimning nomi va vazifalarini aniq ko‘rsatish; 
ushbu  lavozimni  kompaniyaning  boshqaruv  tarkibiga 
moslashtirish va muvofiqlashtirish; 
ma’muriy bo‘ysunish pog‘onasi va darajasi; 
rasmiy vazifalardan foydalanishning asosiy maqsadi; 
eng yaqin lavozim va uning vakolatlari; 
ushbu  lavozimni  almashtirish  yo‘llari  va  hokazo  boshqaruv 
lavozimlari; 
ushbu  lavozimni  egallagan  xodimni  kasbiy  rivojlantirish 
bo‘yicha rejalashtirish tadbirlari. 
Inson resurslarini ushbu turdagi rejalashtirish, xodimga faqat 
iqtisodiy yondaShuvga asoslanadi, uning mohiyati quyidagilardir:  


84 
- kompaniya  xodimidan ishga joylashish uchun sarflanuvchi 
xarajatlar; 
- ishga qabul qilish; 
- o‘qitish, qayta o‘qitish; 
-  munosib  mehnat  sharoitlarini  yaratishga  sarflanuvchi 
xarajatlar; 
- uzoq muddatli foyda keltirishiga qaratilgan tadbirlar. 
Kadrlarni  rejalashtirish  sohasida  yakuniy  qarorlar  qabul 
qilish  uchun  javobgarlik  kompaniyani  boshqarish  bilan  bog‘liq 
bo‘lib,  u  xodimlarni  rejalashtirishni  ishlab  chiqarish  qarorlari 
majmuasiga  integratsiyalashishga  qaratilgan.  Qoida  tariqasida 
korxona  rahbarlari  eng  muhim  maqsadlarni  belgilab  olishlari  va 
qanday  tadbirlarni  amalga  oshirish  kerakligini  aniqlashlari  kerak. 
Kadrlar  ishini  rejalashtirish,  kompaniyaning  to‘liq  boshqarili-
shining  muhim  qismidir,  Shuningdek,  xodimlarning  kasbiy  va 
malakali tuzilmasida o‘zgarishlarni kuzatishni o‘z ichiga oladi va 
ishchi  kuchi  rivojlanishining  tendensiyalarini  aniqlash  va  uning 
uchun sifatli va miqdoriy talablarni belgilash uchun mo‘ljallangan. 
Bu inson resurslari samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. 
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin