S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonada rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

 
4.3. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish 
yo‘llari  
 
Kadrlar  zaxirasi  deyilganda  o‘z  amaliy  va  shaxsiy  sifatlari 
bo‘yicha muayyan  darajadagi rahbarga qo‘yiladigan talablarga javob 
beradigan, saralashdan, maxsus boshqaruv va kasbiy tayyorgarlikdan 
o‘tgan  hamda  rahbarlik  faoliyatini  amalga  oshirishga  qodir  bo‘lgan 
xodimlarning maxsus shakllantirilgan guruhi tushuniladi.  
Personal  bilan  ish  olib  borishning  boshqa  ko‘pgina 
yo‘nalishlari  kabi  kadrlar  zaxirasi  bilan  ishlash  ham  kompleks 
xarakterga ega va o‘zaro bog‘liqdir  
Ma’lumki,  kompaniya  va  firmalarda  kadrlar  siyosati  yopiq 
hamda  ochiq  bo‘lishi  mumkin.  Yopiq  turdagi  kadrlar  siyosatida 
zaxira manbalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- bosh va yetakchi mutaxassislar; 
- tegishli  ma’lumotga  ega,  amaliy  faoliyatda  o‘zini  ijobiy 
jihatdan namoyon qilgan mutaxassislar; 
- stajirovkadan o‘tgan yosh mutaxassislar. 
Ochiq  turdagi  kadrlar  siyosatida  zaxiraga  ham  korxona 
o‘zidagi,  ham  boshqa kompaniya  va  firmalardagi,  ham davlat, ham 
tijorat  va  xususiy  korxonalardagi,  jamoat  birlashmalari,  boshqa 
tashkilotlardagi  rahbar  xodimlar,  mutaxassislar  kiritilishi  mumkin. 
Xodimlarni  deyarli  barcha  bo‘g‘inlardagi  rahbarlik  lavozimida 
o‘stirishga jalb etish zaxirani shakllantirish oshkoraligini ta’minlaydi.  
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin