Kadrlar siyosati - keng ma’noda korxona rahbariyati va
mehnat jamoasi uchun ishlab chiqarish texnologiyasi, ijtimoiy
mehnat ko‘rsatkichlari va korxonaning rivojlanish strategiyasiga
muvofiq tarzda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan qarashlar, prinsip
va me’yorlar majmuidir. Tor ma’noda – mehnat jamoasining
barcha bo‘g‘inlarida korxonadagi ish jarayoni davomida
xodimlarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi
xatti-harakati va mas’uliyatini belgilovchi qoida hisoblanadi.