Yopiq uslubdagi kadrlar siyosati – yangi xodimlarni quyi
bo‘g‘indagi rasmiy xodimlar hisobiga qabul qilishga qaratilgan
kadrlar siyosati.
Kadrlar – korxona bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
xodimlar va mustaqil xodimlarning umumiy tarkibi hisoblanadi.
Kadrlar malaka, kasbiy mahorat, tajribaga ega hamda professional
ko‘nikmalarini doimiy ravishda takomillashtirib boruvchi,
vazifalarini yuqori sifatda bajarishga layoqatli xodimlardir. Ushbu
kitobda “xodimlar” atamasi va “personal” tushunchasi maz-
munan bir xil ma’noni anglatadi.