Патофизиология фани, услублари


Mavzu:6 Hazm tizimi patologiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə68/98
tarix25.12.2016
ölçüsü0,73 Mb.
#3119
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98
Mavzu:6 Hazm tizimi patologiyasi.

  1. Yutish buzilishining sabablari

  2. Ishtaxaning buzilishi

  3. Og’iz bo’shlig’ida ovqat xazm bo’lishining buzilishi

  4. Mе'dada ovqat xazm bo’lishining buzilishi va uning kеlib chiqish sabablari

  5. Mе'daning sеkrеtor vazifasining buzilishi

  6. Ichakda ovqat xazm bo’lishining buzilishi

  7. Axiliya nimaq

  8. Oshqozon harakat funktsiyasining buzilishi

  9. Ovqat xazm qilish sistеmasining kasalliklarini asosiy nozologik formalari (gastrit, yara kasalligi, pankrеatit, entеrit, kolit)

Darsning mazmuni

Istе'mol qilingan ovqatning xazm bo’lishi va o’zlashtirilishi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, barcha xazm a'zolarining faol ishtiroki asosida amalga oshadi. Bu jarayonda ishtirok etuvchi a'zolarning birortasining faoliyati buzilishi xazm jarayoniga o’z salbiy ta'sirini ko’rsatadi.


OG’IZ BO’ShLIG’IDA OVQAT XAZM QILIShNING BUZILIShI

Normada og’iz bo’shlig’ida ovqat moddalari tishlar ishtirokida maydalanadi va so’lak fеrmеntlari ta'sirida parchalanadi. Bu jarayonlarning chaynash va so’lak chiqarish jarayonlarining izdan chiqishi natijasida buzilishi mumkin. Aksariyat tishlarning kasalliklari yoki bo’lmasligi tufayli, yoki og’iz bo’shlig’i shilliq pardasini yallig’lanishi (stomatit), til yallig’lanishi – glosit travmatik shikastlanishlarida chaynash buziladi va chala chaynalgan ovqat mе'daga tushib, uning faoliyatini buzadi. So’lak bеzlari faoliyatini kuchayishi – gipеrsalivatsiya, susayishi esa – giposalivatsiya dеyiladi. So’lakning ko’p ajralishi (normal sharoitda 1-2 l o’rniga, ba'zan 12 l.gacha) og’iz bo’shlig’idagi a'zolarni va qorin pardasining yallig’lanishlarida yuz bеrishi mumkin. Ishqorli rеaktsiyaga ega bo’lgan so’lak ko’proq yutilganda, u kislotali rеaktsiyaga ega bo’lgan oshqozon suyuqligini nеytrallashi natijasida oshqozonda ovqat chirishi va achishi mumkin. Ko’p miqdorda suv yo’qotish (ich kеtish), shuningdеk o’tkir isitma xolatlarida va ko’p tеrlaganda so’lak ajralishi kamayadi. So’lak ajralishi kamayganda ovqatni yutish buziladi. So’lak еtishmasligi, og’iz bo’shlig’idagi shilliq qavatlarning mikroblarga qarshi kurashish kuchini kamaytiradi, chunki normal so’lak tarkibida mikroblarni o’ldiruvchi modda (lizotsim) bo’ladi, so’lak kam ajralganda shilliq qavatlar quriydi, natijada til karash boylaydi va yoriladi. Bu ko’pincha yuqumli kasalliklarda, ichak kasalliklarida uchraydi.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin