SAF VA UMUMIY RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNI O\'RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH
1.2.saf mashqlari klassifikatsiyasi. Yurib ketayotganda bir ketma-ket qatordan ikki, uch vahokazo ketma- ket qatorga burilib saflanish. Guruh chapga aylanib yurib ketayotganida quyidagicha buyruq beriladi: «Ikki (uch, to‗rt va hokazo) qator bo‗lib, chapga ―Qadam bos‖! Birinchi ikki (uch, to‗rt va hokazo) kishi burilgandan keyin, navbatdagilar o‗z safining oxiridagi kishining buyrug‗i bilan birinchilar burilgan joydan buriladilar. Keyinchalik orani yana qayta ochib o‗tirmaslik uchun shu yerning o‗zida oraliq va masofa to‗g‗risida ko‗rsatma berish mumkin.
Yana avvalgicha saflanish uchun quyidagi buyruqlar berildi:
1 .«Bir ketma-ket qator bo ‗lib o ‗ng (chap)ga aylanib qadam bos!»
O‗rgatayotgan paytda bir necha shug‗ullanuvchini olib, taalluqli buyruqlar beriladigan joylarda to‗xtatib, qayta saflanishni ko‗rsatish maqsadga muvofiqdir.
Bir ketma-ket safni ikki, to‘rt, sakkiz ketma- ket safga bo‘lish va biriktirish orqali qayta saflash. Qayta saflanish harakat davomida bajariladi. Buyruqlar:
1 .«Markazdan-Qadam-bos!» odatda, bu buyruq zal (maydoncha)ning o‗rtasidan beriladi.
2.«Bittadan ketma- ket qator bo‘lib , o‗ng va chap tomonlarga aylanib - Qadam bos!», Bu buyruq bo‗yicha birinchi raqamdagilar o‗ngga, ikkinchi raqamdagilar chapga aylanib yuradilar .
3.«Ikki ketma-ket qator b o iib markazdan - Qadam-bos!», bu buyruq qatorlar zal (maydoncha)ning qayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi.
4.«To‗rt ketma-ket qator b o iib markazdan - Qadam-bos!», bu buyruq qatorlar zal (maydoncha) ning qayta saflanish boshlangan joyida uchrashgan paytda beriladi . Bo‘lish va biriktirish davom ettirilganda, to‗rt, sakkiz va hokazo ketma- ket qatorga saflash mumkin.
Avvalgi holiga qayta saflash ajratish va qo‗shilish deyiladi: ikki ketma- ket qatordan bir ketma- ket qatorga qayta saflash.
Buyruq: «Bittadan qator bo‗lib, o‗ng va chap tomonlarga aylanib «Qadam-bos!». Bu buyruq bo‗yicha o‗ng tomondagi ketma - ket qator o‗ngga chap tomondagi ketma-ket qator chapga yuradi. Qarama-qarshi tomonda qatorlar
uchraganda quyidagi buyruq beriladi: «Bir ketma-ket bo‗lib markazdan qadam- bos!»
Buyruq: «Doira bo‗ylab-Qadam-bos!». Ijro buyrug‗i zal (maydoncha)ning o‗rtasidan beriladi, undan keyin doiraning hajmini belgilash uchun shug‗ullanuvchilar orasidagi masofa aytiladi.
1.4. Harakatlar
Bu guruhga turli xil joydan - joyga ko‗chish bilan bog‗liq bo‗lgan mashqlar kiradi.
Shahdam qadam-oyoqni 15-20 sm balandlatib oldinga ko‗tariladi (oyoq tagini gorizontal tutish va yerga butun yuzasini qattiq qo‗yish zarur), qo‗l oldinga harakatlantirilganda beldan bir qarich balandga (tanadan ham bir qarich uzoqlikka) ko‗tarib, tirsakdan bukiladi; qo‗l orqaga yo‗naltirilganda to‗ppa-to‗g‗ri tutib, yelka boiagidan oxirigacha uzatiladi, panjalar yengil musht qilib tutiladi.
Buyruq: «Shahdam Qadam-bos!».
Shahdam qadamning quyidagi turlari ham bor, unda qo‗l harakati katta ko‗lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, orqaga oxirigacha va tanadan chetroqqa), oyoqlar bilan harakat xuddi shahdam qadamdagidek boiadi. Shahdam qadamning bu turi ommaviy gimnastika chiqishlari va sportchilaming tantanali o‗tishlarida keng qoilaniladi.
Oddiy qadam - saf qadamidan erkinroq harakat qilish bilan farq qiladi.
Buyruqlar:
a) «Yuring!». Har qanday harakat qilishda (hatto bir qadamga ham) beriladigan buymq.
b) «Oddiy qadamlab Qadam - bos!». Yurishning, yugurishning bir turidan boshqa turiga o‗tishda va harakat chogida bajariladigan mashq tugagandan keyin oddiy yurishga o‗tish uchun beriladi:
Turgan joyda harakatlanish.
Buyruqlar:
a) «Turgan joyda- qadam bos! (yuguring)!»
b) «Boshlovchi- joyida!»- buym gi yurib (yugurib) borayotgan guruhni bir qadamli masofaga yig‗ish zamr boiganda beriladi, chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi.
Joyda turib harakatlanishdan yurishga o‘tish.
Buymqlar:
a) «To‗g‗ri-ga!». Chap oyoqdan beriladi. O‗ng oyoq bilan turgan joyda qadamlab, chap oyoq bilan oldinga harakat boshlanadi.
b) «Ikki (uch, to‗rt va hokazo) qadam oldinga (orqaga, yonga) qadam - bos!»
Harakatni to‗xtatish uchun «gumh- to‗xtang!» buyrug‗i (chap oyoqdan) beriladi. O‗ng oyoq bilan bir qadam bosiladi va chap oyoqni unga juftlashtiriladi.
Joydan - joyga ko‗chishning turini o‗zgartirish uchun quyidagi buymqlar beriladi: «Bir xil qadamlab - Qadam-bos!», «Har xil qadamlab- yuring!». Bu buymqni bergandan keyin, butun guruh bajargunga qadar sanab borish zarur.
Qadam kengligi va harakat tezligini o‗zgartirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «Uzun qadam!», «Kalta qadam!», «Sekin qadam!», «Katta qadam-bos!», «Yarim qadam-bos!».
Yugurish. Buyruq: «Guruh-yuguring!». Agar yurishdan yugurishga o‗tilsa (musiqa jo ‗rligida), ijro buyrug‗i chap oyoqdan beriladi, o‗ng oyoq bilan qadam o‗tkazilib, chap oyoqdan yugurish boshlanadi. Musiqa jo ‗rligida yugurishdan yurishga o‗tishda bajariladigan harakat ham xuddi shunday «Guruh Qadam-bos!» buyrug‗i beriladi. Agar musiqa jo ‗r bo‗lmasa, «Yurish!» buyrug‗i o‗ng oyoqdan berilaveradi.
Harakat chog‗ida burilishlar. Turgan joyda burilishda qanday buyruqlar berilsa, harakat chog‗idagi burilishda ham shunday buyruqlar beriladi. O‗ngga burilish uchun buyruq o‗ng oyoq qo‗yilgan paytda beriladi, shundan so‗ng shug‗ullanuvchi chap oyoqni bir qadam oldinga tashlab, chap oyoqning uchida buriladi va o‗ng oyoq bilan yangi yo‗nalishda harakat qilishni davom ettiradi.