Saf va umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatishni takomillashtirish


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Yüklə 43,92 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü43,92 Kb.
#180131
1   2   3   4   5
SAF VA UMUMIY RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNI O\'RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O’zbekiston” 2017.


2. Sh.Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: “O’zbekiston” 2017.


3. Sh.Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston” 2016.


4.O’zbekiston Respubliksi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmoni – T.: “Adolat”, 2017.-112 b.
4. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat”, 2010-176 b.
5.Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” “O’zbekiston”, T.: 2011-440 b.
6.Karimov I.A. “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” O’quv qo’llanma T.: 2012-272 b.
7.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”, Toshkent, 24. X.02 y.
8.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”, Toshkent, 30.X. 02.
9.O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy Tarbiya va to’g’risida”gi qonuni (1992. 14 yanv)”Xalk so’zi” gaz. sport 1992 19 fevr.
10.O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. “Ma’rifat” gaz. 98, 1 aprel.
11.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Sog’lom avlod uchun” ordenini ta’sis qilish to’g’risidagi farmoni, (1993. 4 mart) “Turk” gaz.(93. 6 mart).
TIRMASHIB CHIQISH, MUVOZANAT SAQLASH, ODDIY SAKRASHLAR, ERKIN MASHQLAR, AKROBATIKA MASHQLARINI O'RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Reja:

1. Gimnastikaning ta'rifi.


2. Gimnastikaning asosiy vositalari.
3. Gimnastikaning turlari.
4. Gimnastika o`quv-ilmiy fan sifatida.

Jismoniy tarbiya sistеmasida gimnastika.


Gimnastika ta'rifi.


Mamlakatimizda jismoniy tarbiya xalqimizni yuksak ko`tarinki ruhda tarbiyalash tarkibiy qismi xisoblanib, kishilarni mеhnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning jismoniy jixatdan barkamol qilib еtishtirishning ta'sirchan vositasi xisoblanadi. Mazkur vositaning eng ommaviylaridan biri-Gimnastika.
«Gimnastika» yunoncha «gimnos» so`zidan kеlib chiqqan bo`lib «yalang`och» dеgan ma'noni anglatadi. Shuningdеk, Yunoncha «Gimnastika»-tеnеr, mashq qildiraman so`zini anglatib kishi salomatligini va harakat qobiliyatini, kuchi, chaqqonligi, harakat tеzkorligi, chidamliligi va xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar, mеtodik usullarning sistеmasi dеgan ma'nosi ham bor.
Quyidagilar uning asosiy vazifasidir:
1.
Inson organizmi forma va funktsiyalarini kishining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga salomatligini mustahkamlashga uzoq yillar davomida faoliyat ko`rsatib yashashlarini ta'minlashga yo`naltirilgan mukammal rivojlantirish.
2.
Hayotiy muhim harakat ko`nikma va malakalarni shakllantirish va maxsus bilimlar bilan boyitish.
3.
Ahloqiy, irodaviy va estеtik xislatlarni tarbiyalash.

Ayniqsa, bolalar va o`smirlar jismoniy shakllantirishda gimnastikaning o`rni ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vositalar va mеtodlari yordamida boshlang`ich jismoniy tarbiya vazifalari muvaffaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o`smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarni rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning funktsional va ko`nikish qobiliyatlari ancha kеngayadi.


Gimnastikaning juda katta gigiеna sog`lomlashtirish ahamiyati bor «Gimnastika mеditsinaning shifobaxsh qismidir».- dеgan edi atoqli mutafakkir Plutarx.
Gimnastika mashqlari hayotiy faoliyat va ishchanlik faoliyatini oshirishning, shuningdеk sog`lomlashish va aktiv dam olishning eng yaxshi vositasi xisoblanadi.
Gimnastika bilan hamma bolalar-u kattalar, kеksalar-u yoshlar, yaxshi tayyorgarlik ko`rgan va hatto notob kishilar-shug`ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan bolalar bog`chalarida, maktablarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida, ko`ngilli sport jamiyatlarida ishlab chiqarishda va davolash pansionatlarida, dam olish uylarida va sanatoriyalarda, armiya va flotlarda ham shug`ullaniladi. Gimnastika bilan ko`plar o`z uylaridan radiodan eshitib, tеlеvizordan ko`rib shug`ullanadilar. Gimnastikaning bunchalik kеng ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidandir.
Gimnastikaning insonni estеtik tarbiyalashning samarali vositasi xisoblanadi. Gimnastika mashqlarini ijro etish tеxnikasining gimnastikaga xos uslubda talab qiladigan darajada mukammal bo`lishi uchun harakat harakat ravon ifodali bo`lishi, ijrochining harakatlari o`ziga yarashadigan, nafis bo`lishi kеrak. Gimnastika bilan shug`ullanish natijasida kеlishgan qaddi-qomatga ega bo`linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdaning ayrim bo`g`inlari taraqqiyotida ham umuman gavda taraqqiyotida ham juda yaxshi munosiblikka erishiladi.
Gimnastikaning pеdagogik ahamiyati ham juda katta. Gimnastika bilan shug`ullanuvchilar yuksak g`oyaviylik, onglilik ruhida, aktivlik va mеhnatga ijodiy munosabatda bo`lish ruhida tarbiya topadi.
mashg`ulotlarning qat'iy bir tartibda bo`lishi, ta'lim bеrish jarayonini shug`ullanuvchilarning maksimal aktivligida tashkil etish-bularning hammasi ularni intizomli qiladi, jismoniy tarbiya jarayoniga e'tibor bilan qarashga odatlantiradi.
Nihoyat gimnastika-aqLiy ta'lim bilan jismoniy tarbiya birligining yorqin na'munasidir. Gimnastikada qo`llaniladigan mеtodlar shug`ullangan intеllеktual aktivligini rag`batlantirish imkonini bеradi, markaziy nеrv sistеmasining moyilligini, uning muskul faoliyatini turli holatlarga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam bеradi.
Sport faoliyatida gimnastikaning 3 mustaqil turi bor:
1.
Sport gimnastikasi, akrobatika va badiiy gimnastika. Sport gimnastika-sportning olimpiada turi xisoblanadi. (1896) yildan bеri. Akrobatika va badiiy gimnastika musobaqalarning oliy formasi-jahon birinchiliklaridir.
2.
Gimnastikaning asosiy vositalari.

Maxsus ishlab chiqarilgan harakat formalari gimnastikaning tirik vositalari xisoblanadi, ya'ni mashqlari. Ularning yordamida odamning hayotini muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlarini takomillashtiradi. Ko`p mashqlar odamlarning mеhnat, harbiy turmush faoliyatidan olingan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to`siqlardan oshib o`tish, yuk tashish va xokazo).


Gimnastika mashqlari pеdagogik vazifalarda hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy gruppalarga bo`linadi.
1.
Sof mashqlar-safda birgalikda bajariladigan, shug`ullanganda uyushqoqlik va intizomni, sof kollеktiv bo`lib harakat qilish malakalarni qad-qomatni tarbiyalashga, shuningdеk ritm va sur'at xissini tarbiyalashga yordalashadigan harakatlardir.
2.
URM-ko`proq ayrim bo`g`in qismlarida bajariladigan ya'ni har yuklama jismoniy tayyorgarligi uchun, organizmning funktsional imkoniyatlarini kеngaytirish va qaddi-qomatni tarbiyalash uchun qo`llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul qurilmalariga, tana a'zolariga, alohida shuningdеk, butun harakatlantiruvchi apparatga umumiy ta'sir ko`rsatadi. URM kishi shunday dastlabki elеmеnt ko`nikma va malakalarni egallab olish imkonini bеradiki, ulardan kishi kеyinchalik o`z harakatlantiruvchi faoliyatni tashkil qilishda foydalanadi.
3.
Erkin mashqlar-tana ayrim a'zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, akrobatik va xorеografik mashqlarni birga qo`shib bajarishdir. Ulardan asosiy maqsad-koordinatsion qobiliyatni takomillashtirish, ritm va harakat go`zalligi xissini tarbiyalashdir. E.M. buyumsiz (sport gim) va qo`lga turli buyumlar olib (bad gim) ijro etiladi. E.M. komplеks haraktеrda bo`lib uzluksiz kompozitsiya tarzida tuziladi.
4.
Amaliy mashqlar-yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o`tish, emaklab o`tish, muvozanat saqlash, to`siqlardan oshib o`tish va x.k. Shular yordamida hayotiy zaruriy ko`nikma va malakalarni egallaydilar, ularni xilma-xil sharoitlarda qo`llashni o`rganadilar.
5.
Sakrash-(tayanmay va tayanib) sakrovchanlikni rivojlantirish oyoq va qo`llarning kuchini, harakat tеzligini va aniqligini, chaqqonlik dadillikni rivojlantirish uchun qo`llaniladi.
6.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlLar-(kon, xalqa, bryus, turnik, yakka cho`p) sport gimnastikaning eng haraktеrli vositalaridir. Ulardan asosiy maqsad-gavda va harakatlarni boshqarish malakasini takomillashtirishdir. Bundan tashqari bu mashqlar shug`ullanishni jismoniy tayyorlash uchun ham qo`llaniladi.
7.
Akrobatika mashqlari akrobatik sakrashlar va statik holatlarni ham o`z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingеntlar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda kuch, chaqqonlik, epchillikni, rеaktsiya tеzligini, fazoda mo`ljal olishni rivojlantirish uchun, shuningdеk, vеstibulyar apparatni mashq qildirish uchun kеng qo`llaniladi.
8.
Badiiy gimnastika mashqlari gimnastika asboblari (arg`amchi, gardish, sharf, to`p, cho`qmolar va x.k) bilan G asboblarisiz ijro etiladigan, shartli jihatidan turlicha tantsa haraktеridagi harakatlarning uzviy va birikib kеtgan kombinatsiyalaridan iborat. Ular muzika jo`rligida ijro etilib, jismoniy kafolot hamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar kontingеnti Xotin-qizlardan iborat mashg`ulotlarda qo`llaniladi.
3. GIMNASTIKANING TURLARI
Gimnastika mashqlari hamda ixtisosining xilma-xilligini xisobga olib, turli pеdagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishdan ortirilgan tajribalarni nazarda tutib, GIMNASTIKAni mustaqil turlarga ajratish mumkin. (1968 yil butun ittifoq konfеrеntsiyaga tasdiq).
1-guruh. Gimnastikaning sog`lomlashtiruvchi (UR) turlari.
Bu gruppa asosiy (umumiy), gigiеnik va atlеtik gimnastikani o`z ichiga oladi. Gimnastikani bu turlari shug`ullanuvchilarni har yoqlama garmonik jismoniy kamolotga еtkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funktsiyalarini takomillashtirish maqsadida qo`llaniladi.
2-guruh. Gimnastikaning sport turlari.
Bu gruppaga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatika kiradi. Bu turlar sport yo`nalishiga ega bo`lib, sport turlari sifatida taqdim etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish tеxnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahorati ko`rsatish hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida murakkab mashqlarni bajara bilishga erishishdan iboratdir.
3-guruh. Gimnastikaning amaliy turlari.
Bunga quyidagilar: ish kuni tartibiga kiritiladigan korxona gimnastikasi (mеhnatkashlarni sog`lomlashtirish, ish qobiliyatini o`stirish asosida mеhnat unumdorligini oshirishga yordamlashadi). Maxsus jismoniy tayyorgarlik ko`rish qo`llaniladigan profеssional-amaliy, harbiy-amaliy va sport amaliy gimnastikasi. (Bular asosan mеhnatda, mudofaa va sport faoliyatida eng yuqori natijalarga erishishni ta'minlaydi). Turli xastalik va jarohatlarni davolash u qo`llaniladigan ish qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam bеradigan-davolash gimnastikasi.
Yuqorida zikr etilgan gimnastika turi gimnastikaning umumiy yo`nalishini asosan saqlab qolib, mashqlarning o`ziga xosligi va mеtodik usullar bilan bir-biridan farq qiladi.
4. GIMNASTIKA O`QUV-ILMIY FAN SIFATIDA
gimnastika mashqlarni o`rganish gimnastikasi mashg`ulotlarida asosiy o`rinda turadi. Gimnastika o`sib kеtayotgan avlodga ta'lim va tarbiya bеrish sistеmasidagi pеdagogik bilim soxasi, otilishi shart bo`lgan o`quv darsi xisoblanadi. Dars sifatida u maktablarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida o`qitiladi.
Gimnastika nazariyasi gimnastika prеdmеtini mohiyati va mazmuniga, uning maqsadi va vazifalariga, jismoniy tarbiya sistеmasidagi gimnastikaning o`rni va ahamiyatiga daxldor masalalarni ishlab chiqadi.
Gimnastika jismoniy tarbiya vositalari gimnastika tarixi uning va mеtodlaridan biri sifatidagi rivojlanish va qaror topish jarayonini ochib bеradi. Gimnastika vosita va mеtodlarini takomillashtirish bilan aloqador masalalarni yoritadi. Gimnastika dars bеrish mеtodikasi bo`limida esa ta'lim va tarbiyaning umumiy asoslari, turli kontingеntlar mashg`ulot uyushtirish mеtod va pryomlari qarab chiqiladi.
Harakatli o‘yinlar haqida tushuncha, uning o‘ziga xosligi.
Harakatli o‘yinlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks ta’limtarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda erishiladigan sog‘lomlashtirish samarasi bolalarning o‘yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional ko‘tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishishga intilish uyg‘otada va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o‘zaro mosligida, fazoda va o‘yin sharoitlarida aniq mo‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.
Harakatli o‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o‘yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko‘rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun, masalan, «Bo‘ri jarlikda» o‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli o‘yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega: u boladan signal va o‘yinda to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. O‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar muskul tarangligi darajasining o‘zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan «Tuzoq» o‘yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib o‘tadi; o‘zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to‘xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli o‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday aktiv harakat faoliyati bola qo‘zg‘olish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq qildiradi, shuningdek kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgaruvchan atrof-muhitda mo‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yo‘lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
Harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog‘liq ovunmachoqlar, ermak o‘yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo‘lgan (o‘z ichiga bolalarni rom qiluvchi o‘yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o‘yinlari katta o‘rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o‘yin folklorini tashkil etadi.
Harakatli o‘yinlarni turlari
Bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi. Bola yoshligida qanchalik ko‘p o‘ynasa, bu uning maktabda yaxshi o‘qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin bu bola faoliyatining yorqin turi, o‘yin jarayonida uning irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi, ya’ni butun shaxsiyati shakllanadi.
O‘yin – buyumli buyumli va ijtimoiy voqelikdagi harakat qilish va uni anglashga qaratilgan jarayondir. Kichik yoshdagi bolalarga asosiy buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo‘lsa, bola katta bo‘lgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirishiga xizmat qiladi. Qadimdan o‘zbek halqi bolalariga turli halq o‘yinlarni o‘ynatib o‘rgatib kelganlar va o‘yinlar orqali uddaburonlik, chaqqonlik, topqirlik, mehrshafqatlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirib, mehnatga o‘rgatib boriladi.

Harakatli va kam harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhining sharoiti hisobga olinadi, chunonchi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, kun tartibi, o‘yinni o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarining o‘ziga xos xususiyatlari.


Harakatli o‘yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda aktiv ishtirok etadigan o‘yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Qimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki» va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan («Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va hakazo) foydali va qiziqarli o‘yinlar mavjud. Bu o‘yinlar irodani tarbiyalashga yordam beradi, o‘zini tuta bilishga o‘rgatadi. Biroq bunday o‘yinlarni noto‘g‘ri tashkil etilganda bolalar o‘yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladi. Kutib qolish, statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan bahona bilan o‘yindan chalg‘iydilar

Yüklə 43,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin