O'quvchi: Menga bir dona "Xon" bering.
Sotuvchi: Mana, marhamat.
O'quvchi: Gugurt bormi?
Sotuvchi: Bor, bor, bolam, mana (gugurt yoqib tutadi, o'quvchi sigaretani olovga tutadi va uni og'ziga solmasdanoq, shu vaqt sigaretadan "ilonlar" chiqa boshlaydi).
O'quvchi: Siz menga nima berdingiz, nima meni o'ldirmoqchimisiz? Men endi umuman sigaret chekmayman, menga nos bering.
Sotuvchi: Mana, mana, bolam, Buxoro nosi, Toshkent nosi, o'zimizni nos, qaysinisidan beray.
O'quvchi: O'zimiznikidan.
Sotuvchi: Bo'pti bolam, hozir tayyorlab beraman (sotuvchi keramik plitaga ozgina ammoniy bixromat tuzidan solib, ustiga ozgina spirt tomizib, yoqadi, shunda "vulqon" otilib ko'k rangli kukun hosil bo'ladi.
O'quvchi: Iye-iye nima qilyapsiz buvijon, menda nima xusumatingiz bor? Endi men umuman sigaret tugul nos ham chekmayman.
Sotuvchi: Kel, bolam, yaxshisi meni firmenniy aroqlarimdan ta'tib ko'r.
(3ta stakanni oldiga olib shisha tayoqchani 1-fenolftaleinli stakanga botiradi, keyin 2-ishqor eritmasiga botirganda pushti rangga kiradi, keyin shu tayoqchani 3-xlorid kislotali probirkaga botirib, so'ng yana 2-probirkaga tushirganda eritma rangsizlanadi)
Dostları ilə paylaş: |