( Metan, etan, ammiak, suv, karbonat angidrid, ozon, vodorod, kislorod so’zlari yozilgan kartochkalar 4 ta o’quvchiga ikkitadan tarqatiladi, bir vaqtda boshlanadi ).
2-boshlovchi: Oylab qaralsa kimyo
Qiziqlikda bir dunyo,
Ham ulug fan, ham hunar
Hamma sohada korinar.
1-boshlovchi: O`zbekiston zamini beqiyos yer osti boyliklariga ega. Bu boyliklar asosida organik kimyo olami haqidagi quyidagi ma`ruzani diqqatingizga havola qilmoqchimiz va kimyo sanoati mahsulotlaridan namunalarni korib chiqamiz. Marhamat. ( Kimyo sanoati mahsulotlaridan namunalar davraga olib chiqiladi )
2-boshlovchi: Mustaqil O`zbekistonning o`tmishi, bugungi kamoli, kelajagida organik kimyo sa`noatining salmoqli o`rni bor. O`nlab million tonna sulfat, nitrat, fosfat va boshqa kislotalar, ammiak, azotli o`g`itlar, karbamid, suniy va sintetik tolalar, plastmassalar, turli polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda.
O`zbekiston zaminida mavjud bo`lgan boyliklarga ega bo`lgan davlatlar jahon xaritasida ko`p emas. Qulay iqlim sharoiti, hom-ashyo zahiralari, strategik materiallar va qishloq ho`jalik hom-ashyosining katta zahiralari haqli suratda O`zbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqdi.
O`zbekiston yer osti boyliklari bilan faxrlanadi, bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 27 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari mavjud. Ular 100 ga yaqin mineral homashyo turlarini o`z ichiga oladi.
1-boshlovchi: G’oyat muhim strategik manbalar neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.Tabiiy gaz ko’pgina mineral xom-ashyo va qurulish materiallari xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirishi Respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini bermoqda. Ozbekiston organik kimyoning eng muhim xom-ashyolardan, noyob yonilgi, resuslariga ega.
Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin , komir 2 milliard tonnadan ortiq, 160 dan ortiq neft konlari bor. Neft va gaz mavjud bolgan 5 ta asosiy mintaqani korsatish mumkin. Bular Ustyurt, Buxoro, Xiva, janubiy-garbiy Xisor, Surxandaryo va Fargona mintaqalaridir.
2-boshlovchi: Eng yirik gaz konlari janubiy-garbiy Xisor va Buxoro, Xiva neft va gaz mintaqalarida joylashgan bolib, bular Shortan va Muborak guruhiga kiruvchi konlardir.
Qazib olinayotgan gazlar tarkibida bolgan etan, propan, butan va boshqa komponentlar bolib, ulardan polimer materiallar va polimetilin, polivinilxlorid kabi moddalar olinib, Ozbekistonda organik kimyoni gurkirab rivojlanishiga katta hissa qoshmoqda.
1-boshlovchi: Kimyo fanidir ko'zimiz ochgan
Ilmga, samoga bizga yo'l ochgan
Ma'rifat olamin quyoshin sochgan,
Yosharar o'tsada zamonlar, bu fan.
2-boshlovchi: Biroz sozamonlik qildik chamasi,
Azizlar, bizlarni tutgaysiz mazur,
Kimyoviy ilmlarni oqing hammasin,
Ishonchimiz komil qilgaysiz huzur!
2 boshlovchi: Misol, sher oqishdan toxtab nihoyat
Chin dildan etamiz sizlarga tazim,
Azizlar, shu bilan topdi nihoya,
Kimyoga atalgan tanatana bazm.
1-2 boshlovchi: Etiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |