Sahnaga boshlovchilar chiqib kechani ochadilar: 1 boshlovchi


Metan, etan, ammiak, suv, karbonat angidrid, ozon, vodorod, kislorod so’zlari yozilgan kartochkalar 4 ta o’quvchiga ikkitadan tarqatiladi, bir vaqtda boshlanadi



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə7/7
tarix02.01.2022
ölçüsü210,5 Kb.
#40866
1   2   3   4   5   6   7
knyaz 124

( Metan, etan, ammiak, suv, karbonat angidrid, ozon, vodorod, kislorod so’zlari yozilgan kartochkalar 4 ta o’quvchiga ikkitadan tarqatiladi, bir vaqtda boshlanadi ).

2-boshlovchi: O’ylab qaralsa kimyo

Qiziqlikda bir dunyo,

Ham ulug’ fan, ham hunar

Hamma sohada ko’rinar.



1-boshlovchi: O`zbekiston zamini beqiyos yer osti boyliklariga ega. Bu boyliklar asosida organik kimyo olami haqidagi quyidagi ma`ruzani diqqatingizga havola qilmoqchimiz va kimyo sanoati mahsulotlaridan namunalarni ko’rib chiqamiz. Marhamat. ( Kimyo sanoati mahsulotlaridan namunalar davraga olib chiqiladi )

2-boshlovchi: Mustaqil O`zbekistonning o`tmishi, bugungi kamoli, kelajagida organik kimyo sa`noatining salmoqli o`rni bor. O`nlab million tonna sulfat, nitrat, fosfat va boshqa kislotalar, ammiak, azotli o`g`itlar, karbamid, suniy va sintetik tolalar, plastmassalar, turli polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda.

O`zbekiston zaminida mavjud bo`lgan boyliklarga ega bo`lgan davlatlar jahon xaritasida ko`p emas. Qulay iqlim sharoiti, hom-ashyo zahiralari, strategik materiallar va qishloq ho`jalik hom-ashyosining katta zahiralari haqli suratda O`zbekistonni mintaqa va dunyoning eng boy mamlakatlari qatoriga olib chiqdi.

O`zbekiston yer osti boyliklari bilan faxrlanadi, bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 27 mingdan ortiq turli foydali qazilma konlari mavjud. Ular 100 ga yaqin mineral homashyo turlarini o`z ichiga oladi.

1-boshlovchi: G’oyat muhim strategik manbalar neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.Tabiiy gaz ko’pgina mineral xom-ashyo va qurulish materiallari xillarining g’oyat boy konlarini o’zlashtirishi Respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini bermoqda. O’zbekiston organik kimyoning eng muhim xom-ashyolardan, noyob yonilg’i, resuslariga ega.

Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin , ko’mir 2 milliard tonnadan ortiq, 160 dan ortiq neft konlari bor. Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ko’rsatish mumkin. Bular Ustyurt, Buxoro, Xiva, janubiy-g’arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg’ona mintaqalaridir.



2-boshlovchi: Eng yirik gaz konlari – janubiy-g’arbiy Xisor va Buxoro, Xiva neft va gaz mintaqalarida joylashgan bo’lib, bular Sho’rtan va Muborak guruhiga kiruvchi konlardir.

Qazib olinayotgan gazlar tarkibida bo’lgan etan, propan, butan va boshqa komponentlar bo’lib, ulardan polimer materiallar va polimetilin, polivinilxlorid kabi moddalar olinib, O’zbekistonda organik kimyoni gurkirab rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda.



1-boshlovchi: Kimyo fanidir ko'zimiz ochgan

Ilmga, samoga bizga yo'l ochgan

Ma'rifat olamin quyoshin sochgan,

Yosharar o'tsada zamonlar, bu fan.



2-boshlovchi: Biroz so’zamonlik qildik chamasi,

Azizlar, bizlarni tutgaysiz ma’zur,

Kimyoviy ilmlarni o’qing hammasin,

Ishonchimiz komil qilgaysiz huzur!



2 boshlovchi: Misol, she’r o’qishdan to’xtab nihoyat

Chin dildan etamiz sizlarga ta’zim,

Azizlar, shu bilan topdi nihoya,

Kimyoga atalgan tanatana bazm.



1-2 boshlovchi: Etiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin