1-boshlovchi: Shartli ravishda, davriy sistemani Mendeleyev uyi deb, elementlarni esa bu uyning fuqorolari deb ataymiz. Endi Mendeleev uyi va uning fuqorolari haqidagi quyidagi sherni etiboringizga havola qilamiz:
MENDELEYEV UYI HAQIDA
Ushbu bino Mendeleyev
Tarhi - la boldi barpo,
Ming sakkiz yuz oltmish toqqiz
Nomerli uy boldi paydo.
Etti qavat, sakkiz podezd,
Yuz on sakkiz xona bor,
Xonalarning egalari
Yashar yakka, xona tor.
Umrbod shu xona ichra
Turishga erur mahkum.
Kongil sorab ular boshqa
Xonaga otmas hech ham.
Yashamayman, deb bosh olib
Ketishning yoq imkoni,
Binodagi qavatlarda,
Tengmas xonalar soni.
Bazi bir xonalar bosh,
Yoqdir ichida joni.
Qavatlarda yashovchilar,
Tabiatan har xildir,
Qavatlarni almashtirish
Juda ham nomaqbuldur.
Qavatlarda yashovchilar
Soni hech ham bir xilmas.
Birda - ikki, ettinchida -
Ottiz ikki hech jilmas.
Ikki-uchda sakkiztadan,
Tortu beshda on sakkiz,
Oltida ham etti kabi,
Ottiz ikkidir, shaksiz,
Lekin ettinchi qavatda,
Yigirma bir oila bor,
Qolgan on bir xona esa
Egasin kutadi zor.
Ellik etti xona, hamda
Sakson toqqiz xonadon
Qardoshlari anchayin kop,
Torlik qilar bunda joy.
Shu sababli, bu qardoshlar
Dala-hovlida yashar.
Oz holicha bu qardoshlar
Mahallagaga yarashar.
Ushbu uyning odamlari
Hulq boyicha kop turli,
Bazilari havo kab,
Bazilari zalvorli.
Bazilari ota hushfel,
Hech qachon toq turmaydi
Bazilari ota badfel,
Hech kimni yoqtirmaydi.
Bazilari tajovuzkor,
Duch kelganni yemirar.
Bazilari juda hamkor,
Undan koplar semirar.
Kop qoshnilar qol ushlashsa
Basharga naf kattadir.
Bazilari qol tutishsa
Basharga havf kattadir.
Xullas har bir fuqaroning,
Bordir sir sinoati,
Suhbat qurmoq bolsang agar
Organ ularning odatin.
Bu binoning odamlarin
Tola organsak agar,
Bashar juda olga ketgay,
Hayot bolgay jilvagar.
Dostları ilə paylaş: |