Oʻzbegimning zabardast yozuvchisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Ufq" asari ustoz ijodkor Abdulla Qahhor tomonidan "oʻqishli kitob" deya tilga olingan, millionlab muxlislar qalbini zabt etgan asar hisoblanadi. Ushbu asar trilogiya boʻlib, ilk kitob "Qirq besh kun", ikkinchisi "Hijron kunlarida" va uchinchi kitob "Ufq boʻsagʻasida" hisoblanadi. Asar bosh qahramonlari : Ikromjon, Jannat xola, Tursunboy, Azizxon, Ummatali, Oxunboboyev, Lutfinisa va hokazolardir. Asarni oʻqish paytida shaxsan oʻzim zerikish sezmadim. Katta qiziqish va oʻta kuchli hayajon bilan oʻqib bitirdim. Asarda inson aqlii shoshirib qoʻyadigan holatlar juda koʻp uchraydi. Misol uchun Tursunboyning qilayotgan ishlari... Unga tengdosh boʻlgan Azizxonning koʻrsatgan jasoratlari... Asarda bu kabi holatlar judayam koʻp uchraydi... Har bir oʻzbek kitobxoni ushbu asarni oʻqishi kerak deb oʻylayman...