Saidova mohruxsor mirzaevnaning don va don mahsulotlarini saqlash fanidan tayyorlagan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/4
tarix24.02.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#85402
1   2   3   4
Mustaqil ish

Hududlar


Ekin maydoni, ga

Zararli xasva va
boshqa zararkunandalar, ga

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

53,0

19,0

Andijon

76,2

73,1

Buxoro

60,6

24,8

Jizzax

101,5

101,5

Qashqadaryo

141,0

141,0

Navoiy

38,0

24,8

Namangan

74,0

70,0

Samarqand

101,2

35,9

Surxondaryo

93,0

93,0

Sirdaryo

85,0

85,0

Toshkent

116,1

116,1

Farg‘ona

104,7

84,8

Xorazm

33,2

8,8

Jami

1077,6

877,7

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki eng ko‘p zarar Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri kelarkan. Nisbattan kam zararlanish esa Xorazm, Samarqand, Buxoro hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Zararli xasva bug‘doyning tuplanish, nay tortish, boshoq tortish va pishish fazalarida poya va boshog‘ini zararlaydi. Zararkunanda ko‘proq tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida uchraydi.

Zararli xasva voyaga yetgan holda o‘simlik qoldiqlari va barg xazonlari ostida qishlaydi. 2015-2016 yillarda Samarqand viloyatida olib borilgan kuzatuvlar natijasida, g‘alla ekiladigan tumanlarda zararli xasva mart-aprel oyining 1-o‘n kunligida qishlovdan chiqa boshlagani aniqlandi (2-jadval). Tuxum qo‘yish aprel oyining 2-o‘n kunligidan may oyining 2- o‘n kunligigacha davom etgan. Dastlabki lichinkalar aprel oyining 2-3-o‘n kunliklarida paydo bo‘lib, iyun oyining o‘rtalarigacha lichinkalar uchragan.
Yangi avlodning dastlabki yetuk xasvalari iyun oyining 1 va 2-o‘n kunliklarida paydo bo‘lib, yetuk xasva iyun oyining 2-o‘n kunligidan boshlab
qishlovga ko‘chishi kuzatilgan. Zararli xasva so‘ruvchi hasharot bo‘lib mart oyining uchinchi o‘n kunligi
– aprel oyi davomida g‘allazorlar tomon uchib tarqala boshlaydi. Naychalash davrida zararlangan poya boshoq chiqarmaydi yoki butunlay oq boshoq (ya’ni puch) bo‘lib qoladi. Pishmagan boshoq zararlanishi natijasida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori kamayib ketadi(2-jadval).
Boshoqdagi 2% donlarning zararli xasva bilan zararlanishi bunday donning un ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Bug‘doy hosildorligini 60% gacha kamaytiradi. Zararli xasva zararlagan paykallardan olingan urug‘lik donning unib chiqishi 50% gacha kamayadi. Bitta urg‘ochi xasva o‘rtacha 100-180 hatto 300 tagacha tuxum quyadi va yiliga 1 marta avlod beradi (Xo‘jaev, 2015 y.).

Zararli xasva iyul-avgust oylarining oxirida qishlovga ketish uchun tog‘ yon bag‘rilariga hamda adirliklarga uchib boradi (yetuk zoti) hamda shu yerda o‘simlik qoldiqlari ostida qishlovga ketadi. Ayrim yillarda zararli xasvaning 30-40 foizi g‘alla ekilgan maydonlarning haydalmaydigan uvatlarida qishlab qolishi o‘tkazilgan kuzatuvlarda aniqlandi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin