Kurash choralari: har yili yangi xosilni qabul qilish oldidan va zaruratga koʻra, omborlar, bostirmalar, xirmonlar, mahsulot tashiladigan idishlar va anjomlarni taʼmirlash, yilda ikki marta — bahor (apr,—may) va yoz oxiri (iyul— avgust)da xlorofos, karbofos va boshqa preparatlar bilan ham dezinseksiyalash, ombor atroflarini toza tutish, axlatlarni yoqib tashlash yoki yerga koʻmish kerak.
Ombor zararkunandalarini yoʻq qilish uchun mahsulot saqlanadigan omborlarni brommetil yoki metilxlorid bilan gazli dezinseksiyalash — fumigatsiya zarur.
2. G’alla zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari Bugungi kunga kelib Respublikamiz g‘allazorlarida 50 turdan ortiq zararkunanda hasharotlar g‘allaga zarar yetkazishi kuzatilgan. Katta maydonlarga eng ko‘p tarqalib, jiddiy zarar yetkazadigan asosiy zararkunandalardan zararli xasva, shira, trips, shilimshiq qurt, shved va gessen pashshalari, vizildoq qo‘ng‘iz, ola saraton(sikada), poya arrakashi va boshqalar xisoblanib, ayrim yillarda qulay sharoit paydo bo‘lganida ommaviy ko‘payib, keng maydonlarga tarqaladi hamda sezilarli darajada hosilga zarar yetkazadi.
G‘alla zararkunandalar bilan sezilarli, ba’zan kuchli darajada zararlanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi.
Bug‘doy bu zararkunandalar bilan zararlanganda hosildorlik 30-50% kamayishi mumkin. Respublika sharoitida bu asosiy zararkunandalarga qarshi samarali kurashish uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati 8-10°S daraja bo‘lganda maysalarning tuplanish davridan boshlab har haftada zararkunandalarning tarqalishini nazorat qilib borish talab etiladi.
2020 yil Respublika miqyosida 1077.6 ming gektar g‘alla maydonlaridan 877,7 ming gektar maydon zararli xasva va boshqa zararkunandalar g‘alla xosiliga ziyon keltirgan(1-jadval).
2020yildag‘allamaydonlaridazararkunandalarnitarqalishi