Саккизинчи мавзу: Фалсафий антропология (Инсон фалсафаси) Режа: Инсон борлиғининг ўзига хос хусусиятлари


Falsafiy antropologiya fanining mohiyati



Yüklə 45,36 Kb.
səhifə7/9
tarix02.04.2023
ölçüsü45,36 Kb.
#92469
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Фалсафий антропология(Инсон фалсафаси)

Falsafiy antropologiya fanining mohiyati. Inson haqidagi bilimlarni birlashtirish lozimligi xususida Shelerdan oldinroq ham so‘z yuritilgan edi. XIX asr o‘rtalariga kelib inson o‘ta murakkab struktura ekanligi, uni faqat falsafa yoki boshqa biron-bir muayyan fan metodlari bilan to‘la anglab yetish mumkin emasligi, ya'ni inson jamuljam holda aniq bilim predmeti bo‘la olmasligi aniq-ravshan bo‘lib qoldi. Shuningdek, ayrim tabiiy fanlar, har biri o‘z sohasida, vaqt o‘tishi bilan umumiyroq xulosalarga kelishni talab etuvchi salmoqli material to‘pladi.
Bunday umumlashtirishga ehtiyoj Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo‘lishi bilan ayniqsa bo‘rtib ko‘rina boshladi. Bu nazariya insonga oid tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga kuchli turtki berdi, shuningdek materialistik falsafiy konsepsiyalar rivojlanishi uchun qo‘shimcha asos bo‘lib xizmat qildi.
Mazkur yondashuv tarafdorlari inson ko‘p o‘lchovli va muttasil o‘zgaruvchi mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim xususiyatlari ming yillar mobaynida o‘zgarishsiz qolayotgan bo‘lsa-da, ular insonning mohiyatini to‘la namoyon etmaydi. Bu yondashuv tarafdorlari inson o‘z oldiga yangi va yangi jumboqlar qo‘yayotgan, tashqi dunyoni, o‘zining undagi o‘rnini aniqlashga harakat qilayotgan, atrof muhitni o‘rganish orqali uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradigan faol asos sifatida amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e'tiborni qaratmoqdalar.
Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli, o‘zini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma'naviyat manbaidir.
Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning mazkur talqinidan kelib chiqib, bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da'vogar bo‘la olmasligini va ayrim fanlar: psixologiya, sotsiologiya, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarning turli yondashuvlari va xulosalarini sintezlovchi inson haqidagi bilimlar tizimini yaratishga qaratilishi lozimligini qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, bu fan o‘z predmeti sifatida inson borlig‘ini belgilaydi, uning mohiyatini va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa insonning o‘zini ham, uni qurshagan dunyoni ham falsafa nuqtai nazaridan anglab yetishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki aniqroq aytganda – antropologik ong nafaqat ontologiya va kosmologiyaga, balki gnoseologiya va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin yaratadi»16.
XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir g‘oyaviy harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini nazariy jihatdan anglab yetish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan yangicha yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan fan-texnika taraqqiyoti va insonning o‘z ilmiy va amaliy faoliyati natijalari uchun javobgarlik tuyg‘usining kuchayishi falsafiy antropologiyaning rivojlanishiga qo‘shimcha turtki berdi. Shunday qilib, u endi inson haqidagi bilimlarning umumiyroq majmui – umumiy antropologiyaning tarkibiy qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman ta'limotlar, konsepsiyalar va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladiki, ularning orasida falsafiy yo‘nalishdan tashqari biologik, teologik (diniy), sotsiologik, psixologik, madaniy (etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yo‘nalishlarni qayd etish mumkin.
Ularning har biri, falsafiy yo‘nalishdan farqli o‘laroq, insonning muayyan bir tomonini yoritadi. Masalan, biologik antropologiya anatomiya, fiziologiya, irq haqidagi ta'limot va shu kabilarga tayanib, insonning qolgan barcha tirik mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni Xudo yaratgani nuqtai nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya esa butunlay boshqa vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va fanlararo xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqaradi.
Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya ijtimoiy falsafa, axloq, sotsiologiya va psixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bilan birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.

Yüklə 45,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin