Jismoniy nuqtai nazardan bu ko'rsatkichlar gimnastikachi tanasi og'irligi markazi (t.o.m.) tayanchdan uzilgan paytda qanday tezlikda bo'lishiga bog'liqdir
Jismoniy nuqtai nazardan bu ko'rsatkichlar gimnastikachi tanasi og'irligi markazi (t.o.m.) tayanchdan uzilgan paytda qanday tezlikda bo'lishiga bog'liqdir:
Jismoniy nuqtai nazardan bu ko'rsatkichlar gimnastikachi tanasi og'irligi markazi (t.o.m.) tayanchdan uzilgan paytda qanday tezlikda bo'lishiga bog'liqdir:
V0- uchishning boshlang'ich tezligi g - erkin tushish tezlanishi h - sakrashning maksimal balandligi t - uchishning umumiy vaqti ehtimol, uchishning boshlang'ich tezligi qancha yuqori bo'lsa, sakrash yuqori bo'lar va ko'proq havoda ushlab turilar. Tezkor depsinish fazasida sakrash bu talabga javob bera olishi uchun T.O.M. ga imkoni boricha ko'proq tezkorlik kerakligi to'g'risida xabar berishi kerak. Bunga gimnastikachi tanasi a'zolarining barcha bo'g'imlari birdaniga rostlansa, tananing og'irligi tayanchdan uzoqlashadi. Bu nafaqat gimnastikachioyoqlari ishiga, balki siltanish harakatini bajara oladigan barcha tana a'zolariga ham tegishlidir. Depsinishda oyoq kaftidan oyoq uchiga ko'tarilishi (oyoq kaftining bukilishi) va oyoqlarni tizza hamda tos-son bo'g'imlari to'g'rilanishi yozilishi sodir bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda bo'sh a'zolar sakrash kuchini ko'paytiruvchi omil sifatida muhim bo'lgan yuqoriga siltashni bajarish mumkin.
3. Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi.
Quyida asosiy badiiy gimnastikaga xos sakrash texnikasining qisqacha ta'rifi keltirilgan. Ikki oyoqda depsinib baland sakrash, o'zining uchishda holatni hosil qilish harakati bo'yicha turlichadir. Chunki qo'llarni faol siltab ikki oyoqda kuchli depsinish, maksimal balandlik va uchish vaqti bilan ta'minlashga yordam beradi. Ikki oyoqda depsinib sakrash texnikasini qisqacha ko'rib chiqamiz. Oyoqlarni orqaga bukib sakrashjoyidan hamda harakatda bajarilishi mumkin. Sakrashning asosiy bosqichida gimnastikachi qo'llarini oldinga-yuqoriga kuchli siltaydi. Qo'l harakati taxminan bosh balandligida tormozlanadi, lekin, qo'lni ko'tarish sekin davom etadi. Tayanchdan uzilish to'g'ri holatda sodir bo'ladi, undan keyin gimnastikachi tananing orqaga butunlay bukishini davom ettirib kerishadi va oyoqlarini orqaga bukadi. Sakrashning eng qiyin turlaridan biri - halqa sakrash.