Har qanday sakrash, uning aniq shaklidan qat'iy nazar mazkur harakatni umumiy holatini ko'rishga yordam beradigan strukturali - texnik elementlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, har bir sakrash bir qancha harakat bosqichiga bo'linishi mumkin. Sakrashning tayyorgarlik bosqichi sakrashning oldingi harakat-ga (depsinish) bog'liqdir. Bu bosqichdagi harakat butun bir sakrashning sifatiga ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga sakrashni oldingi harakat bilan o'zaro bog'liqligi xarakterini aniqlaydi. Tayyorgarlik bosqichi sakrash turiga qarab birmuncha murakkab bo'lishi mumkin. Joyida sakrashda tayyorlov bosqichi-ning harakat tuzilishi ancha oddiy. Bunday harakatni ikki fazaga bo'lish mumkin. Qo'llarni orqaga siltash fazasi. Joyida oyoqlarni kerib sakrashdagi qo'llarni orqaga siltash ko'rsatilgan.Gimnastikachi keyingi harakatni amalga oshirish uchun qo'llarini orqaga - yuqoriga ko'taradi. Bunda u ko'pincha, oyoq mushaklarini taranglashtirib va uni keyingi portlovchi ishga tayyorlagan holda oyoq uchiga ko'tariladi. Yelkadan oldingi mushaklari (yelkani bukuvchi) ham keyingi fazadagi harakatga tayyorlanib cho'ziladi. Yarim cho'qqayish fazasi. Bu faza itarilishdan keyingi harakatdir. Bunda qo'llar tezkor siltash harakati bilan yoysimon bo'lib pastga - oldinga, keyinchalik (asosiy harakat bosqichida) to'g'ri oldinga - yuqoriga harakatlanishga o'tadi (pastga qarang). Lekin bu fazada qo'llar bilan siltash harakati gimnastikachi tanasining og'irligini yuqoriga emas, pastga o'tishiga yordam beradi Gimnastikachi qo'llarini siltash bilan bir vaqtda yarim cho'qqayishni ham ijro etadi: sportchi qo'llami siltash paytida oyoq tizzalarini va tos-son bo'g'imini sinxron bukib, oyoq kaftiga to'liq tushadi
Борбова Г.А. Художественная гимнастика в школе.-М.: FIS, 1984.
Венгерова П.Н. Федорова О.С. Средства классического экзерсиса на уроках хореографической подготовки в сложно-координационных видах спорта. O'quv-uslubiy qo'llanma -SPb.:SPbGAFK,2000.
Вербова З.Д. искусство произвольных упражнений. -М.: FIS, 1967.
Гавердовский Ю. Техника гимнастических упражнений- М: Terra-sport, 2002.
Karimov М.К. Xoreografiya mashqlari va badiiy gimnastika. O'quv qo'llanma. T.:2003.