16-rasm Siltab burilib sakrash - oyoq bilan siltab bajariladigan sakrashlarning murakkab turlaridandir. Gimnastikachi e'tibor bilan oyoqni siltaydi, masalan oldinga; siltash jarayonidayoq (tayanchdan uzilish fazasida, qo'l va oyoq bilan siltash harakati tormozlangan-da) depsinuvchi oyoq bilan yonga burilish boshlanadi. Chap oyoqda oldinga siltanganda gimnastikachi siltash oxirida yelkalari bilan ozgina orqaga egiladi va siltanuvchi oyoq uchini nazorat qila turib o'ngga burilishni boshlaydi.
Tayanchdan uzilgan zahoti gimnastikachi yelkasi va boshini birdan o'ngga buradi va aylanib burilishga yakun yasaydi. Siltab burilib sakrash oyoq bilan yonga va orqaga siltanib bajarilishi ham mumkin.
17-rasm Xatlab sakrash - siltanib sakrab ortga burilish va uchishda oyoq holatlarini almashtirishdir. Depsinuvchi oyoqni yonga burib bajariladigan oyoq va qo'llarni bir-biriga nisbatan teskari harakatlantirish bilan xatlab sakrash ancha oddiy. Oyoq bilan siltash yuqoriga uchish hisobiga sodir bo'ladi (yuqoiiga - oldinga emas). Buning uchun itarilishda (shu bilan birga yugurib
58
kelishdagi eng oxirgi qadamda, agar sakrash yugurish davomida bajarilsa) yelkalar biroz orqaga ketadi (burilib oddiy sakrashlar bilan solishtirish mumkin). Qadam oyoq uchidan biroz harakatlantirib, oyoq va qo'llar bilan siltashdan keyin qo'llar orqaga harakatlanib yarim cho'qqayish yuzaga keladi. Itarilish paytida oyoq bilan 1- pozitsiya orqali yuqoriga o'tkir, o'ziga hos siltash bajariladi. Burilib sakrash singari, oyoqni ortga burish, siltash oxiridan boshlanadi {19-rasm, 1-3-kadr). Gimnastikachi 180° ga burilishni yakunlayotganida depsi-nuvchi oyoqni silta-nuvchi oyoq tomonga tortadi (3-5 kadr). Oyoqlar bir - birlariga tegmasdan o'tadi. Depsinuvchi oyoq orqaga ketadi, siltanuvchi oyoq tayanishga tushadi (5-7). Sakrash shpagat va boshqa harakatlar orqali murakkablashtirilishi mumkin (5-6). Badiiy gimnastikada murakkab burilish bilan sakrashlar nis-batan kam uchraydi, chunki lining ifodalitygi hisobiga harakatni gimnastikada muvofiqlashtirishni talab qiladi. Badiiy gimnastikada murakkab burilishli sakrashlar ikki oyoqda va bir oyoqni siltab itarilish bilan bajariladi. Birinchi holatda burilish-ning murakkab bo'lishi va jadallashishi uchun yaxshi sharoit yaratiladi, chunki itarilish jarayonida va undan keyin tana to'g'irlangan bo'ladi va inertsiya holatida gamnastikachining
19-rasm
tanasi ko'ndalang o'qqa nis-batan minimal bo'ladi. Siltab sakrashda tez burilish faqatgina gimnastikachi siltangandan so'ng oyoqlarni birlashtirganda vujudga kelishi mumkin.