Ilmiy yangiligi. O’zbekiston Respublikasi O’simlik moddalar kimyosi institutida astragalus turkumi o’simliklarining kimyoviy tarkibi, o’sish sharoiti, foydalilik xususiyatlari aniqlangan. Ilk bor Astragalus turkumi o’simliklari hujayra kulturalarining fiziologik xususiyatlari o’rganilmoqda.
I.Bob. Adabiyotlar sharhi.
I.1.Astragalus turkumi o’simliklari sistematikasi va tarqalishi. O’simliklar sistematikasi-morfologiya bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning asosida morfologik belgilar yotadi. Sistematikaning floristic va filogenetik vazifasi mavjud bo’lib floristic vazifasi tur va undan katta bo’lgan boshqa taksonomik birliklar to’g’risida ko’proq ma’lumot to’playdi hamda ularni bir-biri bilan yaqinlik belgilariga asoslangan holda ma’lum bir sistematik kategoriyalarga (tur, oila, qabila, sinf, bo’limlarga) joylashtiradi.
Filogenetik vazifada o’simliklarni kompleks belgilariga asoslangan holda ular bir sistemaga joylashtiriladiki, bu sistemada o’simliklar dunyosining kelib chiqishi, tarixini, ularni filogeneyasini aks ettira olishi kerak. Demak filogeniya o’simliklarning evolyutsiyasini avloddan tortib eng katta sistematik birliklargacha bo’lgan o’xshashlik munosabatlarini o’rganadi.
Inson hayotida o’simliklarning juda katta ahamiyatga ega ekanligini ibtidoiy davrda yashagan odamlar ham bilgan. Chunki foydali o’simliklardan tashqari zararli o’simliklar ham kame mas. Shuninh uchun ham ularni bir-biridan ajtatish uchun o’simliklar klassifikatsiyasini yaratish zaruriyati tug’ilgan.
Hozirgi davrning eng muhim vazifalaridan biri-aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari bilan ta’minlash hisoblanadi. Respublikamizda dorivor o’simlikshunoslikni rivojlantirish, O’zbekiston florasidagi istiqbolli dorivor o’simliklarni madaniylashtirish, ularni sanoat plantatsiyalarida o’stirishni yo’lga qo’yish farmasevtika sanoati homashyo bazasini yaratadi.
Astragalus turkumi o’simliklari istiqbolli dorivor o’simliklar hisoblanadi.
Magnoliyatoifa (gulli, yopig’ urug’li ) o’simliklar (Magnoliophyta, Angiospermae) bo’limi
Magnoliyasimon o’simliklar sinfi (ikki urug’pallalilar) (Magnoliopsida, Dicotyledones)
Burchoqnamolar qabilasi
Burchoqdoshlar oilasi (Fabaceae)
Astragalus turkumi
Astragalus L. turkumi qadimiy O’rtayer dengizi florasining eng yirik turkumlaridan biri hisoblanadi.
Burchoqdoshlar oilasiga tegishli bo’lgan astragal (Astragalus L.) turkumi vakillarining ko’pchiligi adir mintaqasida tarqalganligi, qimmatli yem-hashak, dorivor, asal beruvchi o’simliklar ekanligi bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari ba’zi vakillari tog’larda, ohakli gipsli tuproqlarda tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |