yaxlitlik axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzi- lishi axborotnisoxtalashtirish deyiladi;
autentifikatsiya axborot zahirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabarmuallifinisoxtalashtirish deyiladi;
apellyatsiya qilishlik etarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznes- da keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
ishonchlilik tizim me’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati;
aniqlilik hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
nazorat qilinishi istalgan paytda dastur majmuasining xohlagan qismini to‘liq tekshirish mumkinligi kafolati;
identifikatsiyalashni nazorat qilish hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zi- ni kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
qasddan buzilishlarga to‘sqinlik oldindan kelishilgan me’yorlar chega- rasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan holda o‘zini tutishi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘girlanishi, yuqotilishi, o‘zgar- tirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf – xatarning oldini olish;
axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to’siq- lash bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’min- lovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlar- ning ko‘rinishlarining oldini olish;
axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiy- ligini va konfidentsialligini saqlovchi fuqarolarning konstituttsion huquqlarini himoyalash;