Internetning boshqa qismi kabi WWW-butun olam to`ri ham klientserver modeli asosida ishlaydi. Tarmoqqa kirgan foydalanuvchi veb brauzer (tarmoqni
ko`rish darchasi) deb ataluvchi klient dasturiy ta'minotidan foyda-lanadi. Eng ko`p ishlatiladigan veb brauzerlar bu InternetExplo-rer va Opera, GoogleHrom deb nomlanadi. Veb brauzer ma'lumot yoki boshqa resurs so`rab tar- moqdagi serverga ulanadi. Server so`ralgan ma'lumotni qidirib topadi va veb brauzerga jo`natadi. Veb brauzer qabul qilib olingan ma'lumotlarni kompyuter ek- ranida tasvirlaydi. Veb brauzer serverga ulanganda, HTML (Hyper text MarkupLanguage–Gipermatnnihoshiyalashtili) deb ataluvchi tilda yaratilgan sahifalarni jo`natishni so`raydi. Veb brauzer veb sahifadagi hoshiyalash tili far- moyishlaridan foydalanib, veb sahifani ekranda aks ettiradi. Veb brauzerlar dasturlash tillari, masalan, Java, ActiveX, skript (script – stsenariy) tillari yoki AJAX texnologiyasi asosida yaratilgan ilovalar, hujjatlar, animatsiyalar va shunga o`xshash ob'ektlarni aks ettira oladi.
Ba'zi ma'lumotlar, masalan ovoz yoki animatsiyani veb brauzerlar tasvirlay olmaydilar. Bunday hollarda veb brauzerlar yordamchi (helper) yoki qo`shimcha (plug in, plagin deb o`qiladi) ilovalardan foydalanishga majbur bo`ladi. Buning uchun bunday ob'ektlar va ularni aks ettiradigan ilovalar veb brauzerlarning kon- figuratsiyasida sanab o`tilishi kerak bo`ladi.
Yillar o`tishi bilan veb brauzerlarning imkoniyatlari kengayib bormoqda. Hozirgi kunda veb brauzerlar HTML sahifalarni yaratish va ularni Internetda chop etishdan tortib, videokonferentsiyalar o`tkazishgacha bo`lgan imkoniyatlarga ega. Veb brauzerlar shaxsiy kompyuter va internet orasidagi devorni olib tashlayapti. Hozir internetni foydalanuvchi kompyuteri imkoniyatlarining davomi deb qarash mumkin. Veb brauzer yagona ilova bo`lmay, bir qator dasturiy vositalar yig`indisidir. Veb brauzerlar veb sahifalarni yuklash va aks ettirish bilan birga, internetdan kompyuterga zarar etkazishi mumkin bo`lgan troyan dasturlar, elektron pochta spami, xaking (hucking – xakerlar hujumi) va fishing (fishing – baliqovlash yoki beruxsatma'lumotqidirish) kabi amallardan himoya qilish imkoniyatlariga ham ega. Brauzerlardan foydalanishda dilni xira qiladigan narsa, ularning serverlarga murojaat qilganlarida paydo bo`ladigan muammolardir. Bu muammolar texnik, dasturiy yoki tashkiliy ishlardagi kamchiliklar asosida yuzaga
kelishi mumkin. Brauzerlarning xato haqidagi xabarlari bu muammolarning tabiatini ochib berishi va foydalanuvchiga nima qilish kerakligini o`rgatishi mum- kin.
Veb brauzer o`z ishini muvaffaqiyatli bajarishi uchun turli qurilmalar, dasturiy vositalar va ma'lumotlardan foydalanadi. Ulardan birortasida muammo paydo bo`lsa, veb brauzer o`z vazifasini bajara olmaydi va paydo bo`lgan xatolik haqida sizni ogoh etadi. Bu xabarlarni to`g`ri talqin qilish paydo bo`lgan muammoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega