Veb texnologiyani (Internet texnologiya) o’rganishni Veb dizaynning quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlanadi:Veb sahifa, Veb sayt va Vebserver.
Veb sahifa – o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, video yoki animatsiya ma'lumotl ar birlashmasi – multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kiritishi mumkin.
Vebsayt –bir qancha Veb sahifalarning mantiqiy birlashmasi.
Veb sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so’zining o’zbekcha talaffuzi. Sayt turlari Internet tizimidagi barcha saytlar "12" toifaga bo’linadi, ular quyidagilar:
Vizitkasaytlar Bunday saytlar aslida 1 tadan 5 tagacha sahifa dan iborat bo’ladi. Lekin hozirgi kunda vizitka saytlar ham juda ko’p menyulardan iborat bo’lmoqda. Bu kabi saytlarni ko’pchilik ocha oladi. Yani buning uchun maxsus bilim talab etilmaydi.
Korporativsaytlar Bunday jiddiy saytlar kattakatta firma va korxonalarni tanishtirish va ular haqida ma'lumot berish uchun tayyorlanadi. Bunday saytlarni faqat katta bilimga ega bo’lgan dasturchilar tashkil etadi.
Katalogsaytlar Bunday saytlarda foydalanuvchilar mahsulotlarini reklama qiladilar va sotadilar. Internet do'kon. Xuddi katalog saytlarga o’xshaydi. Farqli tomoni bunday saytlarda asosan sayt egalarining tovarlari sotiladi.
Mavzulashtirilgan saytlar Bunday saytlar aynan biror mavzuga qaratilgan bo’ladi. Bunga futbol saytlarini misol qilishimiz mumkin.
Blog Uning muallifi ixtiyoriy ravishda o’zining maqolalari, g'oyalari yoki o’zi haqidagi ma'lumotlarni saytga joylashtirib turadi.
Qidiruv saytlari Bu saytlar orqali foydalanuvchilar internet tarmog'i orqali o’ziga kerakli ma'lumotlarini qidiradilar.