Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə99/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o’tka- zishning eng oddiy texnika vositasi so’zlashuvda ikkitadan ko’p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni tashkil etishda kompyuter bo’lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audio-alo- qadan foydalanishni ko’zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish, qarorlar qabul qilish jarayonini engillashtiradi, u arzon va qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga mo’ljallangan bo’lsa, shunday maqsadlarga mo’ljallangan, lekin bunda video- apparatura qo’llaniladi. Ularni o’tkazish ham kompyuter bo’lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida birbiridan ancha uzoq masofada bo’lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rib tura- dilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Video- konferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga ko’ra qo’llamaydilar. Bu firmalar bunday konferentsiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko’p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko’radilar.


    1. Elektron pochta xizmati


Internetda foydalanayotgan elektron pochta shu kunda eng ommabopdir. Berilgan baholar shuni ko’rsatadiki, dunyoda elektron pochtadan foydalanayot-
ganlar soni kundankunga ortib bormoqda. Email Internetga xohlagan ko’rinish- dagi ulanishda kirishi mumkin.
Email (Electronic mail) – bu elektron pochta uning yordamida, Siz xabar jo’natishingiz, ularni o’z elektron pochta qutingizdan olishingiz, xat manzillaridan foydalanib, xat korrespondentlariga avtomatik tarzda javob berishingiz, bir zumda xatingizni bir nechta oluvchilarga jo’natishingiz, boshqa manzil bo’yicha olingan xatni qayta jo’natish, manzil o’rnida mantiqiy nomlardan foydalanish, turli xil korrespondentsiyalar uchun pochta qutingizni bir necha bo’linmalarini barpo etish, xatga matn fayllarini kiritish va shunga o’xshashlarni bajarishi mumkin.
Email dan foydalanib, Siz sinxron rejimda FTP dan foydalanishingiz mumkin. Bunday xizmatlarni qo’llabquvvatlovchi ko’pchilik serverlar mavjud. Siz tizim buyrug’iga ega bo’lgan bunday xizmat Email manziliga masalan, qandaydir direktoriyga listing bersangiz yoki Sizga qandaydir fayl qayta jo’natilsa, bu fayl yoki listing javobi Sizga avtomatik tarzda keladi. Bunday rejimda oddiy FTP ning deyarli barcha buyruq to’plami ishlatilishi mumkin. FTP bo’yicha fayllarni nafaqat o’zlaridan, balki Siz Emailda ko’rsatgan xohlagan FTP serveridan oladigan server- lar mavjud.
Email munozara (bahs) yoki telekonferensiyalarni o’tkazish imkoniyatiga ega. Buning uchun ayrim bog’lovchi ishchi mashinalarga mail reflectorlar o’rna- tilgan. Siz u yerga falon reflektorga obuna bo’lish ko’rsatmasi bilan xabar yubo- rasiz va u yerga munozara qatnashchilari yuborgan xabarlar nusxalarini olabosh- laysiz. Pochta reflektori elektron xatlarni olgandan so’ng, ularning nusxalarini obunachilarga osongina tarqatadi.
Elektron pochta servisi Internetda eng qadimiy elektron pochtani oddiy pochta bilan to’la taqqoslash mumkin. U ham yozma xabarlarni bir joydan boshqa joyga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda elektron pochta shunday afzalliklarga egaki, u xabarlarni istalgan vaqtda jo’natishi va qabul qilishi mumkin. Odatda, elektron xat jo’natilgan zahoti kelib elektron pochta idishida xat oluvchi tomonidan olinishi uchun saqlanadi. Shunday qilib, bu tizim oddiy pochtaga nisbatan kuchliroq va egiluvchandir. Elektron pochta xabarlarni shunchaki tez etkazishga
nisbatan xizmatlarni kengroq turlarini tavsiya qiladi. Elektron pochta, matndan tashqari, ovozli yoki grafikli fayllarni hamda boshqa ikkilik axborotlarni, masalan, dasturlarni ham o’zida tutishi mumkin. Elektron pochtaning eng asosiy afzalligi xatlarni tez etkazib berishidir. Agar siz xatni elektron pochta orqali yuborayotgan bo’lsangiz siz bilan pochta oluvchi o’rtasida qancha masofa borligi sizga baribir. Amalda jo’natilgan zahotiyoq xatingizni olishi mumkin. Xatni bir yo’la bir necha manzilga yuborish ham juda oson. Bu degani istalgan vaqtda Siz xabarlarni yuborishingiz va ularni bir necha sekunddan so’ng dunyoning turli joylarida o’qishlari mumkin.
Elektron pochtaning yana bir afzalligi shundaki, manzilning uzoqligi etkazib berish tezligiga ham, qiymatiga ham hyech qanday ahamiyati yo’q. Xatni elektron pochta orqali Germaniyani ichida Shimoliy Qutbga yoki bir vaqtda bir necha punktga yuborishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni xostkompyuteringiz telefon aloqasidan foydalanganligingiz uchun haq to’laysiz. Internetga mustaqil ulangan kompyuterlar hostkompyuterlar (hostxo’jayin) deyiladi.
Internet elektron pochtasi taxminan oddiy pochtaga o’xshash ishlaydi. Sizning Email dasturingiz xatingizni xatning sarlavhasiga konvertga o’xshab (mail header) joylashtiradi. va SMTP yordamida uni tarmoqga jo’natadi. Pochta server bilan muloqot qilish uchun elektron pochtaning mijozdasturi ikkita protokolidan foydalanadi: bittasi xabarni jo’natish uchun, ikkinchisi uni olish uchun. SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) Pochtani uzatish oddiy protokoli xabarlarni jo’natish uchun foydalaniladi; POP3(Post Office Protocol) pochta protokoli, 3versiya, ularni olish uchun foydalaniladi. Keyin sizning xabaringiz tarmoq orqali tarmoqlararo o’tishlar (mail gateways) yordamida uzatiladi. Xabaringiz kerakli tarmoqga kelib tushgandan so’ng, pochta agenti (mail agent) uni oluvchining pochta qutisiga etkazib beradi. Manzildagi xabarni tarmoqdan POP 3 pochta pro- tokoli orqali oladi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin