Domennomi(domain name)internetda aniq kompyuterga berilgan noyob nom. Internet tarmog’ini foydalanuvchining nomi unchalik qiziqtirmaydi. U ko’p- roq, xabarni o’ng tarafda nomi ko’rsatilgan kompyuterga etkazish haqida, o’ylaydi. Keyin bu kompyuter xabarni manzilning chap tarafida ko’rsatilgan pochta qutisiga etkazadi.
Internetda domenli adreslash. Domen bu tarmoqdagi hamma nom xostlar guruhidir. Agar kompyuter va domen nomi ma’lum bo’lsa, ularning manzilgohi haqida aniq tasavvurga ega bo’lish mumkin. Nomerlardagi domenlar birbiridan nuqtalar orqali ajralib turadi.
Mamlakat (tashkilot) kodlariga misollar:
KG Kyrdyzstan KZ Kazakhstan RU Russia
SU USR former UA Ukraine
UK United Kingdom US United States UZ Uzbekistan
Com US Commeersial
Edu US Educational GOV US Government INT International MIL US Military NET Network
ORG NonProfit Organization
WWWtushunchasi. WWW (World Wide Veb)–butun jahon o’rgamchak to’ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW–bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o’zaro bog’langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to’rtta poydevor mavjud:
Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);
Gipermatn;
Hujjatlarni ko’rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);
Yagona manzilni ko’rsatish tizimi (domen);
Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – inter- nettarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taq- dim etuvchi provayder va internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi internet xizmatlari ko’rsatil- moqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga berila- digan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo’lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo’lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 192.168.255.255
172.16.0.1 172.16.255.255
10.0.0.1 10.255.255.255
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular: UzNet, Uz PAK, Uztelecom, Naytov, Sarkor Tele- com, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.