Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə92/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Axborotlarni qidirish. Internet tarmog’i shunday bir muhitki u o’zida turli ko’rinishdagi va turli tillardagi ko’plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo’lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo’ladi. Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o’zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so’zdan tashkil topgan so’rovlardan foydalanadi. Ya’ni ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so’zlar va jumlalar bo’yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so’z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so’ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o’zi tomonidan kiritilgan so’z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro’yxatini hosil qiladi. Vanihoyat ro’yxatdagi ma’lumotlarni ketma-ket ko’rib chiqilib kerakli bo’lganlari kompyuterga saqlab olinadi.
Axborotlarni parametrlari bo’yicha qidirish. Ko’rib o’tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog’i orqali o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so’z yoki jumla bo’yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog’ida ma’lumotlar shunchalik ko’pki, ta’kidlab o’tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo’shimcha usullari bo’yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:

  • ma’lumotlami uning tili bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlami uning turi(matn, rasm, musiqa, video) bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlami uning joylashgan mintaqasi bo’yicha qidimv;

  • ma’lumotlami uning joylashtirilgan sanasi bo’yicha qidimv;

  • ma’lumotlami uning joylashgan Internet zonasi bo’yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.

Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir ko’rinishi hisoblanadi. Internet tarmog’ida grafik ma’lumotlarning ko’plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animasiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo’lmaydi.


Shundan ko’rinib turibdiki, demak rasm ko’rinishidagi ma’lumotlar ustida faqat- gina uning nomi yoki turi bo’yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko’pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko’rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida bo’limga ega bo’lib, bu bo’lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo’yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan, quyidagi rasmga shunday qidiruv tizimlarining biri tasvirlangan.



Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin