Ayirish arifmetikasi. “ ” belgisi hisobiga qidirish doirasi qisqaradi. Masalan: bolalar bog’chasi uchun Klinton faoliyatini Monika Levinski tarixisiz yozish kerak: Klinton Levinski “ ” belgisini deyarli barcha dasturlar tushunadi.
Jokerni qo’llash. Masalan: Geometrik optikada yorug’lik nuri to’g’ri chiziq kabi hisoblanadi, shuningdek, so’zlarni narmallashtirishni barcha dasturlar bajar-
maydi, shuning uchun qo’shimcha “” belgi ishlatiladi. U xohlagan belgilar to’plamini so’z oxirigacha o’zgartirishi mumkin: +svet, +optik, voln.
Qo’llanadi: AltaVista, Yahoo, HotBot, Snap, MSN, Search, Northtrn Light.
Kontekstli qidirish. Agar biz ikki so’zni birga qo’shmoqchi bo’lsak, u holda qo’shtirnoqdan foydalaniladi: “Geometrik optika”.
Qidiruv tizimlaridan to’g’ri maqsadda foydalanish. Ha, afsuski, bugungi kunda kompyuterga va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko’ngil- ochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko’zi tushgan zahoti darrov o’yinlarni so’rashadi, ko’pchillik yoshlar esa internetga ulangani zahoti esa rasmlar tomosha qilishni so’rashadi.
Internet resurslari xilmaxildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo’lgan ma’lumotlar uchraydi. Internet tarmog’idagi axborotqidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so’ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so’zlar bo’yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday ma’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o’tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to’g’ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot qidiruv tizimlaridan faqatgina to’g’ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo’ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saq- lanish maqsadga muvofiqdir.
Sahifa, fayl yoki boshqa resursning internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil URL deb ataladi. Internetdagi manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://) va domen nomi (masalan, domain.uz). Internetdagi manzil, shuningdek, URLmanzil deb ham ataladi.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko’rinishi quyidagicha: http: //www.samgasi.uz, http://www.aci.uz. Odatda, hujjatlarda manzilni anglatuvchi
ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O’ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birin- chi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada samgasi) domenning ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko’p qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar bo’yicha nom- lanadi.
Internetning barcha Email manzillari bir biriga o’xshash ko’rinishga ega.
Email manzil Name@domain1.domain2.domain3. Adres o’rtasidagi @(kuchukcha) belgisi manzilni ikki qismga bo’ladi: foydalanuvchi nomi chapda va domen nomi o’ngda.