Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə97/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Internet tarmog’i xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog’i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imko- niyatlar quyidagilar: vebhujjatlarni o’qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo’lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do’stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o’rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog’langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo’lishi kifoya.
Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi vebsahifalarini internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so’zi to’la qonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so’zidan olingan. Xosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo’lishi mumkin. Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:

  1. Axborot makoni;

  2. Internet kanalining o’tkazish joylashishi (kengligi);

  3. Fayllarni boshqarish usullari;

  4. Standart skriptlar to’plami;

  5. Server tomonida dasturlash mumkinligi;

  6. Serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;

  7. Bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;

  8. Uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.


Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin