Salom Do’stlar


Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə118/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Nashriyot tizimi. Page Maker dasturi va unda ishlash.


Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo bo’la boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, turli tez chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlari (kitob, oynoma, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda
bo’lajak bosma mahsulotlari kompyuterda tayyorlanadi, ya'ni kompyuter varaq- lash, asl maketlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yara- tilgan maxsus dasturlar bo’lib, ular kichik nashriyotlar yordamida gazeta jurnallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo’ljallangan.
Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turlituman chop qiluvchi va boshqa qo’shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. Bunda bo’lajak bosma mahsulotlar tayyorlanib, bu matnni terish, tekshirish va tahrirlashdan to maketlashgacha bo’l- gan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazer printerda bitta asl nusqada chop etib olinadi va undan so’ng tayyorlangan hujjatning maketi rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko’paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta'minlangan.
Sifatli va asl maketlarni tayyorlash uchun bir qancha turdagi nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirishimiz mumkin. Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dasturlar paketi kitoblar matnini terish, tahrirlash, ko’rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.
Ventura Publisher. Ventura Publisher esa gazetajurnallar matnini terish va chop etishga mo’ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo’lish, matn bo’laklarini zarur joylarga joylashtirish (Komponovka) va shunga o’xshash ushbu sohada ko’plab ishlatiladigan amallarni tez va qulay amalga oshirishi mumkin. Turli formulali matnlarni (masalan, matematika, fizika, kimiyo fanlariga oid) tayorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo’lgan LATEX tahrirlovchi dastur- lardan keng miqyosda foydalaniladi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin