Operatorlar to’plami bo’yicha yig’indi va ko’paytmani hisoblash. Har bir operatorga mos klavishalar kombinatsiyasini esda saqlash zaruriyatidan qutilish mumkin. Operatorlarni kiritish uchun operatorlar palitrasi ishlatilishi mumkin. Operatorlar palitrasini ochish uchun menyuning quyisida joylashgan instrumentlar yo’lakchasidagi tugmalar ishlatiladi. Har bir tugma umumiy ko’rsatgich bo’yicha gruppalangan operatorlar palitrasini ochadi.
MATLAB ni ishga tushirish. Foydalanuvchi intyerfyeysini yaratish
MATLAB ni Windows XP operatsion tizimida instalyasiya qilish vaqtida Пуск–Программыmenyusida MATLAB belgisi o‘rnatiladi. Shunday ekan, MATLAB ni Windows XP operatsion tizimida ishga tushirish uchun Пуск–Программыmenyusida o‘rnatilgan MATLAB belgisidan foydalanamiz.
Shundan keyin, monitor ekranida MATLAB ning yuklangan versiyasi haqida axborot va interpretatorning taklifi chiqadi.
Matlab dasturiy ta’minot o’rnatish jarayoni boshqa dasturlardan farqlanmay-di. Matlab dasturi ishga tushirilganda unda asosan 3 ta oyna ko’rinadi:
36-rasm. Matlab ishchi oynasi
Buyruqlar oynasi (Command Window);
Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser);
Massiv muharriri (Array Editor);
Buyruqlar tarixi oynasi (Command History);
Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser);
Start tugmasi (Start);
Brouzer so’rovnomasi (Help Browser);
Muharrir (Editor/Debugger);
Sharhlovchi(Profiler).
Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va ku- tubxonalarni e’lon qilish oynasi hisoblanadi.
O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni daraxt ko’rinishida ifodalab boradi.
Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi saqlanib qoladi. Matlabda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, ya'ni foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan hujjat–bu sessiyadir. Unda kiritishchiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo’ladi.
Matlab tarkibiga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xoti- raning ishchi qismida joylashgan bo’ladi. Save (saqlash) komandasi yordamida ularni (matlab.mat) – da saqlash mumkin. Load (yuklash) komandasi esa ma'lu- motlarni diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) komandasi orqali ma'lumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin.
Buyruqlar oynasini boshqarish komandalaridan eng muhimlarini keltiramiz:
cls – ekranni tozalaydi va kursorni bo’sh ekranning yuqori chap qismiga joylashtiradi;
home – kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal sur’atlar bilanrivojlanib borayotgan kompyutyerlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa, sonli hisoblashlarga yo’naltirilgan tizimlar orasida MATLAB matritsali matematik tizim alohida ajralib turadi.
MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko’pligi uning juda ko’plab soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib Matlab tizimi zamonaviy matematik va ilmiytexnikaviy dasturiy ta'minoti sohasida deyarli jahon standarti bo’lib qoldi.
Foydalanuvchiintyerfyeysiniyaratish. Matlab tizimi bilan ishlash imkoniyatini foydalanuvchi interfeysi orqali amalga oshiriladi. Instrumentlar paneli oynasi Matlab dasturi oynasining asosiy qismlardan biri:
1
2
4
5 6 7 8 9 10
New M_file – Yangi mfaylni ochish;
Open file – mavjud mfaylni ochish;
Cut – belgilangan qismni kesib oladi va buferga joylashtiradi ;
Copy – belgilangan buffer fragmentidan nusxa oladi;
Matlabda kiritilayotgan buyruqlarni ko’rsatib borish vazifasi alohada grafik interfeysga yuklatiladi. Bu interfeys foydalanuvchi interfeysi deyiladiGUI(Graphe User Interface). Ushbu dasturda boshqa yuqori darajadagi ob’ektga mo’ljallangan dasturlashda bo’lgani kabi bir nechta ma’lumotlarni kiritish vositalardan foyda- lanish mumkin. Ularni ifodalash uchun an’anaviy grafik interfeysdan foydalanish etarli emas. Buning uchun maxsus visual grafik interfeys tashkil etilgan bo’lib, uning nomi GUIDE(Graphe User Interface Designer). Ushbu interfeys alohida kutubxona ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, uning tarkibiga barcha visual ma’lu- mot kiritish ob’ektlari joylashtirilgan. Ularga misol sifatida tugma, checkbox, radio, matn kiritish ob’ekti, grafik chizish ob’ekti va boshqalarni olish mumkin. Ushbu kutuxonani ishga tushirish uchun GUI foydalanuvchi ishchi stoliga quyi- dagicha buyruq beriladi:
>>guide
Ushbu buyruq kiritilganda maxsus oyna ochilib, bu oyna yordamida foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan dizayndagi oynani tanlashi mumkin. Bu oynalarning 4 xil variant bor:
211
Blank GUI (default) Standart uskunalar oynasi. Bunda barcha uskunalar va ob’ektlar passiv holatda bo’ladi. Bo’sh formaning o’zi mavjud bo’lib, kerakli uskunalarni foydalanuvchi o’zi o’rnatadi.
GUI with Uicontrols. Ushbu bo’limda bir qancha ob’ektlar aktiv hisobalanib, undan shablon sifatida foydalanish mukin.
GUI with Axes and Menu. Ushbu bo’lim ham 2bo’lim kabi bir qancha aktiv ob’ektlarni o’z ichiga oladi. Bularga grafik chizish ob’ekti va menu ob’ektlarni olish mumkin.
Modal Question Dialog. Ushbu bo’limda bir nechta muloqot oynalar bilan ishlash jarayoni keltirilgan. Matlabda bir necha o’nlab muloqot oynalari mavjud. Bularga xatoliklarni bosmaga chiqaruvchi muloqot oynasi, hujjatlarni saqlash muloqot oynasi, saqlangan hujjatlarni ochish muloqot oynasi, ogohlantirish muloqot oynasi va boshqalar. Dasturda nafaqat yangi interfeys yaratibgina qolmasdan, oldin mavjud bo’lgan interfeyslarni ochish mumkin.