Salom Do’stlar


Help yordam tizimidan foydalanish



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə127/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Help yordam tizimidan foydalanish. MATLAB da ichki qurilgan yordam berish tizimi mavjud. MATLAB muhiti yuklangandan keyin bu tizimdan foyda- lanish mumkin bo‘ladi.
Help yordam tizimini ishga tushirish uchun interpretator taklifidan keyin help
buyrug‘ini berish kerak. Bu buyruq bo‘yicha monitor ekranida «MATLAB\
» formatida ichki qurilgan yordam faylining mundarijasi ko‘rsatiladi. Kerakli bo‘limni tanlab,
help buyrug‘i beriladi.
Bu buyruqdan keyin ekranda mazkur bo‘limda foydalanish mumkin bo‘lgan funksiyalar, o‘zgaruvchilar va operatorlar ro‘yxati chiqadi. Biron–bir aniq funk- siya, o‘zgaruvchi yoki operatorning yordamidan foydalanish uchun ushbu help buyrug‘ini kiritish kerak. Ekranda ko‘rsatilgan parametr uchun Help faylining tarkibi aks ettiriladi.
Tabiiyki, agar kerakli funksiya, o‘zgaruvchi yoki operator nomi avvaldan ma’lum bo‘lsa, u holda bo‘limlar bo‘yicha yordam izlash dastlabki buyruqlarni tashlab ketib, bir yo‘la ma’lum bo‘lgan nom bo‘yicha yordam izlash buyrug‘ini berish mumkin. Agar kerakli funksiya, o‘zgaruvchi yoki operator nomi noma’lum, lekin bu nomni xarakterlovchi bironbir kalitli so‘z ma’lum bo‘lsa (masalan, mate- matika fanining bo‘limii, yoki funksiya muallifining ismi), u holda quyidagi buy- ruqdan foydalanish mumkin lookfor so‘z>
Bu buyruq ko‘rsatilgan so‘z> ni MATLAB paketidagi Help tizimining barcha bo‘limlaridan izlaydi. Berilgan kalitli so‘z Help faylining u yoki bu bo‘limida mavjudligi aniqlanib borilishi sayin, bu bo‘lim (yoki funksiya) nomi ekranga chiqarib boriladi. Shundan keyin, lookfor buyrug‘i bilan topilgan bo‘- limlarni har birining tarkibini ko‘rib chiqish mumkin.

Nazorat uchun savollar


  1. Ixtisoslik bo’yicha maxsus dasturiy vositalarni aytib bering?

  2. MathCad dasturida qanday amallar ishlatiladi?

  3. Grafik qurish elemenlari qaysilar?

  4. Ventura Publisher nima?

  5. Page Maker dasturi qanday dastur?

  6. Kichik nashriyot deganda nimani tushunasiz?

  7. Kichik nashriyotga misol qilib qanday nashriyot tizimlarini keltirasiz?

  8. MatLAB dasturining funksiyalari va maqsadi.

  9. MatLAB interfeysini hosil qilish yo’llari.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin