Salom Do’stlar


Veb sahifani yaratish dasturiy vositalari



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə129/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Veb sahifani yaratish dasturiy vositalari


Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. HTML (Hyper Text Markup Language gipermatn belgilash tili). WWW tizimi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo`lmagan buyruqlar majmuidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlarni istagancha shaklini o`zgartirish, ya'ni matnning ma'lum bir qismini ajratib olib boshqa faylga yozish, shuningdek boshqa joydan turli xil rangli tasvirlarni qo`yish mumkin. U boshqa hujjatlar bilan bog`laydigan gipermatnli aloqalarga ega. 90-yillarning o’rtalarida internet tarmog’ining eksponentsial o’sishi oqibatida HTML tili om- maviy tus oldi. Bu vaqtga kelib, tilni standartizatsiyalash zarurati tug’ildi, chunki ko’p kompaniyalar internetga kirish uchun ko’plab dasturiy ta'minotlar ishlab chiqdilar, to’xtovsiz o’sib borayotgan (HTML instruktsiyasi bo’yicha) o’zlarini variantlarini tavsiya qildilar. HTML tili teglarini qo’llash bo’yicha yagona bir qarorga kelish payti yaqinlashgan edi. World Wide Web Consortsium (qisqacha– WZS) deb nomlangan tashkilot HTML standarti (spetsifikatsiya)ni yaratish ishla- rini o’ziga oldi. Uning vazifasiga brauzerlar tadqiqotchi kompaniyalarning har xil takliflarini hisobga olgan holda tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS konsortsiumi standart loyihasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so’ng, uning ishchi (draft) varianti chiqariladi, so’ngra uni ma'lum bir davrga yana muhokama qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xohlovchi odam HTML standartining yangi teg va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri tugagandan keyin, standartning ishchi varianti tav- sifnoma hisoblanadi, ya'ni HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo’ladi. Qabul qilingan standart (Document Type Definition hujjat xilini aniqlash) DTD deb ataladi. Internetda birinchi marta ko’rsatilgan (taqdim
qilingan) HTML dagi DTD–standartning 1.0 versiyasi bo’ldi. So’ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun ancha aniq va o’ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi.1996 yil sentyabr oyida bir necha oylik muhokamadan so’ng 3.2 versiya tasdiqlandi (3.0 versiya nashr qilinmadi).
1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e'lon qilindi va 1997 yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning eng oxirgisidir.



    1. Yüklə 3,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin