Elektron hujjat. Elektron hujjat O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil Qonuniga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjatlarni almashish tizimida hujjat elektron ko’rinishda kom- pyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog’i orqali uzatiladi. Elektron hujjat- larni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Elektron hujjatda axborot xavfsizligi deganda biz nimalarni tushunamiz? Bu savolga quyidagicha javob berishimiz mumkin. Avvalom bor elektron hujjat bu kompyuterda tayyorlangan va uning xotirasida yoki serverda yoki biror ma’lumot tashuvchilarda saqlanayotgan axborotdir. Uning xavfsizligini turli yo’llar bilan ta’minlashimiz mumkin:
Kompyuterning xavfsizligi ya’ni uning tashqi xavflardan himoyalanganligi, bularga adminstrativ himoya, texnik himoya, parolli himoya va viruslardan hi- moya.
Kompyuterning xavfsizligi ya’ni uning ichki xavflardan himoyalanganligi, bularga kompyuter xonasiga begonalarning kirishi man etilganligi, ma’lumot tashuvchilar seyflarda saqlanishi va boshqalar.
Endi shulardan eng muhimlarini keltirib o’tamiz, ya’ni kompyuterda doimiy ravishda virusga qarshi dasturning ishlab turishi, saqlanayotgan faylga parol kiri- tish, xona eshigida elektron qulf o’rnatish.
Matn protsessorida terilgan hujjatga parol o’rnatishning ikkita usuli mavjud. Birinchisi terilgan hujjatni saqlash chog’ida quyidagi buyruqlar ketma-ketligi baja- riladi: Qfficetugmachasi–Сохранить как…- Сервис – Общие параметры. Keyin parol teriladi va hujjat saqlanadi.
Ikkinchi yo’li: Qffice – Подготовить-Зашифроватьдокумент.