katakchada uning qiymati hosil bo‘ladi.
17-rasm.
EXCEL elektron jadvalida diagrammalar bilan ishlash. Elektron jadval yordamida modellarni qurish va tatbiq etish
Jadvaldagi ma’lumotlarni ko‘rgazmaliroq qilish uchun ko‘p hollarda grafiklar va diagrammalardan foydalaniladi.
Excel dasturidagi vositalar, elektron jadvaldagi ma’- lumotlar asosida diagrammalarni yaratishga imkon beradi.
Diagrammalar
va grafiklarni yaratish uchun, ma’lumotlar bazasi ko‘rinishidagi elektron jadvallardan foydalanish qulayroq. Diagrammani qurishdan avval shu diagrammada ko‘rsatiladigan ma’lumotlarning diapazonini tanlash kerak bo‘ladi. Agar bu diapazonga sarlavhali
katakchalar kiritilsa, unda shu sarlavhalar dia- grammada tushuntiruvchi yozuvlar sifatida ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar
diapazoni tanlangandan keyin, «Стандартная» (Standart) uskunalar qatoridagi «Мастер