Mathcad paketi matematik va fizikkimyoviy formulalarga, hamda o’zgar- maslarga asoslangan yordamchi qo’llanmalar bilan boyitilgan.
Mathcad paketida turli sohalar bo’yicha elektron darsliklar yaratish mumkin. Masalan: oddiy differensial tenglamarni echish, statistika, termodi- namika, boshqaruv nazariyasi, materiallar qarshiligi va boshqalar bunga misol bo’la oladi.
Foydalanuvchi o’z oldiga qo’yilgan masalani echish bilan cheklanibgina qolmay, fizikaviy masalalarni echishda o’lchovni hisobga olish imkoniyatiga ega. Bunda foydalanuvchi birliklar sistemasini ham tanlashi mumkin.
Bundan tashqari Mathcad muhitida animatsiya vositasi bilan qurollangan, bunda tuzilgan modellarni nafaqat statik (o’zgarmas), balki dinamik (animatsion kliplar) holda yaratish mumkin.
Mathcad muhiti belgili matematika elementlari bilan boyitilgan bo’lib, bunda masalani nafaqat sonli echish, balki analitik usulda ham echishga imkoniyat yaratilgan.
Mathcad muhitidan chiqmagan holda boshqa serverdagi hujjatlarni ishlatish va Internet tavsiya qiladigan yuqori axboroty texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.
Mathcad tizimida masalalarni sonli echish bilan bir qatorda analitik usulda echish hisobga olingan. Shuning uchun foydalanuvchilar bu dasturdan o’zlari yecha olmagan matematik masalalar uchun tayanch echim bazasi sifatida foydalanishlari mumkin. Bu tizimdan tabiiy fanlar bo’yicha electron darsliklar yaratishda asos dasturiy vosita sifatida foydalanishni tavsiya etish mumkin. Masalan differensial tenglamalarni echish, statistika, termodinamika, boshqaruv
nazariyasi kabi jarayonlarni geometrik tasvirlash va animatsiyalar orqali ijro etishni yuqori darajada amalga oshirish mumkin.
Mathcad dasturini “Пуск – Программы – MathSoft Apps Mathcad” ketma ketligidan foydalangan holda yuklash mumkin.
Dastur yuklanganda Mathcad muhiti zarvarag'i quyidagi ko'rinishda bo'ladi. Mathcad dasturi ishga tushganda quyidagi oynani ko'ramiz.
34-rasm.
Bu oynada Mathcad programmasi interfeysining ko'rinishi bo'lib, u ishga tushishi bilan hujjat tayyorlab, uni Untitlid:1 deb nomlab foydalanuvchiga havola etadi. Mathcad ekranining yuqori qismida "qo'shish" ko'rinishidagi kursorni ko'rasiz. Klaviaturadan kiritiladigan ma'lumotlar ushbu kursor joylashgan joydan boshlab yoziladi. Matematik misollarni echishda, ularni kompyuter xotirasida saqlashda, grafik ko'rinishidagi tasvirlarni yaratish va qayta ishlashda Mathcad tizimining menyusi alohida o'rin tutadi. Mathcad menyu buyruqlari to'plami quyidagilardan iborat: "Файл", "Правка", "Просмотр", "Вставка", "Формати- рование", "Математика", "Символика", "Окна", "Помощь".
Menyuning "Файл" bo'limida yangi hujjatlarni tayyorlash uchun yangi oyna ochish, oldingi saqlangan fayllarni yopish, tayyorlangan hujjatlarni diskka
yozish, yangi oynadagi hujjatni nom berish bilan saqlash, kerakli faylni qidirib topish, matnni sahifada qanday joylashganligini oldindan ko'rish, matnni (matri- saviy, lazerli) printerlarda bir nechta nusxada, agar zaruriyat bo'lganda matnni tanlangan joyini chop etish, oxirgi to'rtta tahrir qilingan fayllar nomini ko'rish hamda Mathcad dasturdan chiqish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.
Menyuning "Правка" bo'limida hujjatni tahrir qilishga oid bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |