Ta’limyо’nalishlarii: 60730400– Muhandislik kommunikatsiyalarini qurilishi va montaji (turlari bo’yicha) 60730700–Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish 60730500 – Suv ta’minoti kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va eksplutatsiyasi
Jizzaх-2023
Kirish
“Qurilishda axborot texnologiyalari” fanini o’qitilish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlarga doir bilimlarni o’zlashtirgan holda o’z mutaxassisligi bo’yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilа olish ko’nikmasini hosil qilishi kerak.
“Qurilishda axborot texnologiyalari” fanining maqsadi talabalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini arxitektura-qurilish sohasida qo’llash tamoyillari haqida tasavvur hosil qilish va arxitektura-qurilish sohasini axborot- lashtirish jarayonlari bilan tanishtirish.
“Qurilishda axborot texnologiyalari” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalar tomonidan arxitektura va qurilish sohasida qo’llaniladigan axborot texnologiyalarini mavjud fanlar doirasida tadbiq qilishi;
boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish usullarini o’rgatish;
malumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ob’ektga mo’ljallangan dastur- lash tillarini o’qitish;
Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko’nik- malarni berish;
arxitektura va qurilish sohasidagi mavjud axborot tizimlarini o’rgatish;
arxitektura va qurilish sohasidagi amaliy masalalarni mustaqil modellash- tirishni o’rgatish;
zamonaviy kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanishni o’rgatish;
maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
arxitektura va qurilish sohasidagi axborot tizimlari va texnologiyalarini qo’l- lash sohalarini o’rgatish.