Axborotli-intellektual muhitdan foydalanib qurish sifatini oshirish. Faraz qilsakki, butkul yangi bino va inshootlarni qurib boshlasak u holda qurilish norma- lari va qoidalari qismiga ham yangi talablar kiritishga to’g’ri keladi. Muxandislik sohasida ishlab chiqarish jarayoni boshqaruvining normativ-huquqiy bazasi ham o’zgaradi.
Kelajakni boshqarish. Bugungi kunga kelib qurilish sohasi butun dunyoda eng rentabelli va doimiy rivojlanishdagi sohalarning biriga aylandi, chunki dunyo- ning eng yirik megopolislarida doimiy ravishda uy-joylarga, boshqaruv binolariga, kasalxonalar, maktablar, muxandislik kommunikatsiyalariga va trasport kommuni- katsiyalariga talablar oshib bormoqda. Bu esa agar ish to’g’ri tashkil etilsa “Axbo- rot texnologiyalari, telekommunikatsiya, aloqa, qurilishda axborotli boshqa- ruv” deb nomlanuvchi firmalarni xazinaga ko’mib tashlaydi.
Loyihalash amaliyotida va qurilishda elektron modellashtirish. Ixtiyoriy obektning qurilish muddatini kamaytirish va narxini pasaytirish - bu butun dunyo- da haqiqatdan ham zamonaviy qurilishdagi kalit muammodir. Bunga uch o’chovli virtual modellarni qo’llab va murakkab loyihalardan foydalanib qurilish iqtisodida- gi harajatlarni kamaytirish orqali erishish mumkin.
Arxitektura va qurilishda lazerli skanerlash tizimi;
Ta’mirlash-qurilish ishlarini rejalashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish;
Loyihalash uchun ulkan AutoCAD dasturi;
Axborot muhitida qurilishni qayta qurishning ratsional tuzilmasi;
Aqilli uy konseptsiyasi.
Arxitektura va qurilish taraqqiyotida hamda jamiyat rivojida axborot texnologiyalarining tutgan o’rni
Bugungi kunda AKT(axborot-kommunikatsiya texnologiya)lari qurilish jarayo- nining barcha jabhalarida jumladan axborotlarni uzatish, shakllantirish, joylash- tirish, qayta ishlashlarda ya’ni loyihalarni qurish ishlarini qo’llab-quvvatlashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda insonlarning kundalik hayotlarida ham axborot texnologiyalari va kommunikatsiya(aloqa) vositalari dol- zorbligicha qolmoqda. Bu esa shaxslarning va korxonalarning kundalik hayotiga va ish tarziga tabora chuqurroq kirib bordi va ularning ish tarzini o’zgartirdi.
Sun va Xovard fikriga ko’ra (2004) "Zamonaviy jamiyatda axborot texnolo- giyalarining ta’siri chuqurdir" va uning o’sib borayotgan tezligi globallashuvda ayniqsa, joriy axborot va ma’lumotlarni almashish uchun shaxslar, kompaniyalar va tashkilotlar o’rtasida muloqot uchun ishlatiladigan Internet, deb nomlanuvchi bir-biriga bog’langan kompyuter tarmoqlari global tizimidir. U kelgusida qurilish sohasi uchun joriy ish amaliyotini takomillashtirishda uning ajralmas qismi bo’lib qolmog’i kerak [2].
These days, information and communication technology (ICT) is responsible for the entire construction process from information being generated, transmitted and interpreted to enabling the project to be built, maintained, reused and eventually recycled. The everyday life of individuals is increasingly relevant of information technology and communication. This has totally transformed individuals and organisations to its wide spread use.
According to Sun and Howard (2004)) “The impact of IT on modern society is profound”, and its growing speed has enabled globalisation especially trough the introduction of a global system of interconnected computer networks known as the ‘INTERNET’, used for communication between individuals, companies and institutions for sharing and exchanging information and data. The construction industry is faced with the ongoing challenge of changing and improving current work practices in order to become more client-orientated; more competitive as well as productive trough adoption of ICT as an integral part of the construction process. (American journal of scientific and industrial research 2011, Science Huβ, http://www.scihub.org/AJSIR ISSN: 2153-649X doi:10.5251/ ajsir.2011. 2.3.461.468)
Bugungi jamiyat rivojida axborot texnologiyalarining roli va tutgan o’rni juda muhim bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida axborot almashinuvida va ulardan foydalanishda yaqqol namayon bo’ladilar. Elektron shakldagi axborot masofa tanlamaydi. Istalgan jamiyatda iste’molchilarning axborotga bo’lgan ehti- yojlarini o’z vaqtida va to’laqonli ta’minlab berish jarayoniga jamiyatni axborot- lashtirish deyiladi. Axborotlashgan jamiyat - ko’pchilik ishlovchilarning axborot-
ga, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan bandligini ta’minlovchi jamiyatidir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va axborot-telekommuni- katsiya texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoatini yuzaga keltiradi.
Bir qator olimlar axborotlashgan jamiyatga xos xususiyatlarni quyidagicha ko’rsatadilar:
axborot inqirozi muammosi hal etiladi, ya’ni axborot mo’l-ko’lligi va axbo- rot taqchilligi o’rtasidagi ziddiyat yechiladi;
boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlandi;
rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti rivoji bilan bog’liq bo’ladi;
eng yangi axborot, texnika va texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jarayonini amalga oshiruvchi jamiyat shakllanadi;
axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyat kasb etmoqda;
butun insoniyat sivilizatsiyasining negzida axborot birligi shakllanmoqda;
zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun sivilizastiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshiriladi.
Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy oqibatlar ham oldindan ko’rilgan:
ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko’proq ta’sir ko’rsatishi;
axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib yuborishi;
sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;
ko’pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. “Axborot elitasi” (axborotlarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi kishilar) va iste’molchilar orasida muammolar vujudga kelishi xavfi bor.
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, axborot texnologiyalarining bugungi rivoji arxitektura sohasida ko’plab avtomatlashtirilgan loyihalash tizimla- rining vujudga kelishiga va inson mehnatining deyarli 80 % ga avtomatlashtiri-
lishiga olib keldi. Bunday tizimlardan ArchiCAD, AutoCAD, 3D Studiya Max, Corell Draw, Photoshop, Storyboard, MapInfo Professional (MapInfo), Lira, Monomax dasturlari va “Aqilli uy” kontsepsiyasi hamda 3D beton quyuvchi texno- logiyaning yaratilishiga zamin bo’ldi. Bu dasturlar yordamida turli loyihalash va dizaynerlik, konstruktorlik, qurilish, yer tapologiyasi ishlarini amalga oshirish im- koniyati yaratildi. Kompyuter grafikasining payda bo’lishi natijasida uch turdagi grafika: nuqtali, vektorli va fraktalli grafika orqali barcha me’morchilik elemental- rining elektron variantining yaratilishiga olib keldi. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tarmog’ining rivoji natijasida MDH(mustaqil davlatlar hamdo’stligi) mamlakatlari va rivojlangan xorijiy Osiyo va Yevropa davlatlari- ning arxitektura va qurilish sohasidagi yangiliklari va kashfiyotlaridan o’z vaqtida bahramand bo’lish imkoniyatlari yaratildi.
Qurilish sohosida ham qator dasturiy texnologiyalar va texnik vositalarning paydo bo’lishi qurilish sohasidagi hisob ishlarini amalga oshirishda, smeta-hisob ishlarini bajarishda, o’lchamlarni elektron aniqlashda, yer maydonini va uy-joylar va noturar joylarni toponomik tasvirga olishda va ularning kosmik Google tizimiga kompyuterlar yordamida joylashtirishda, aynan geoaxborot tizimlarida ham muhim ahamiyat kasb etib bormoqda(2-rasm).
2-rasm.
Dostları ilə paylaş: |