1.2. Elektron darslik tuzilmasi.
O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar
ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos
inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta
ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda
milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga
mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor
vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib
borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy
etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.
15
Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega,
chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z
joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va
boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z
ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib
qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati)
qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli
ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.).
Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga
ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy
o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan
barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan
elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan
foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda
fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa
8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib
chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana
bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng
foydalanilgan.
Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya'ni
foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati
uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon
topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif
qilamiz:
1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya'ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda
kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma'lumotni
izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin).
2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya'ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi
uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.
16
3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus
interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi.
Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning
eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin.
Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab
qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak,
u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
muqova;
titul ekran;
mundarija;
annotatsiya;
o’quv materialining to’liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik);
o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida);
qo’shimcha adabiyotlar;
o’z bilimini tekshirish tizimi;
cheklangan nazorat tizimi;
matn fragmentlarini izlash;
mualliflar ro’yxati;
tayanch iboralar;
darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma.
Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talabga e'tibor berish lozim: o’quv
materiali va uning dasturiy ta'minoti o’z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta
lazer diskda joylanishi lozim. Qattiq diskda esa foydalanuvchi o’zi yaratgan
ma'lumotlar joylanishi mumkin.
Muqova. Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki
xaraktlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi
xususiyatga ega bo’ladi.
17
Titul ekran. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi
haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma'lumot, sana, tashkilot,
mualliflar haqida ma'lumotlarni o’z ichiga oladi.
Mundarija. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan
darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan
birga bitta ekranda jolanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bunday
talablarga ikki bosqichli (mavzuG’mavzuosti) mundarija javob beradi.
Bundan tashqari mundarija orqali:
o’z bilimini tekshirish tizimiga;
cheklangan tekshirish tizimiga;
matn fragmentini izlash qismiga;
tayanch iboralarga;
adabiyotlar ro’yxatiga;
darslikning istalgan qismiga o’tish imkoniyati;
darslik ishini tugatish;
titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo’lishi kerak.
Annotatsiya. Annotatsiya darslikning muqovasida joylashgan bo’lishi
mumkin.
O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli
bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya'ni matn, grafik,
jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir.
Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning
qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari
joylashadi.
Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta'lim jarayonida
undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni
ta'minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta'riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga,
grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga
qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning
18
ihchamligi va nisbatan arzonligi ta'lim oluvchining e'tiboridan holi bo’lmaydi.
Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib
ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday
elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda
joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari
gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik
ob'ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin.
Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha
sohalarni o’z ichiga oladi:
sahifaning darslikda joylashgan o’rnini ko’rsatuvchi sohasi ( sahifa nomeri,
mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );
matnga grafik qo’shimchalar ( formula, grafik, jadval va h.k.),gipermatnlar
kiritilishi mumkin;
sahifadagi o’quv materialining qisqacha mazmuni joylashgan soha
(sxemakurs shaklida);
sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga,
mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);
sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik
resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga
gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida
chaqiriladi;
o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni
bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim.
Sxemakurs shaklida, ya'ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema)
berilishi yaxshi samara beradi.
O’z bilimini tekshirish tizimi. O’z bilimini tekshirish tizimiga aloxida e'tibor
berilishi kerak. Darslikning hamma qismini qamrab olgan, bilim darajasini yaxshi
nazorat qiladigan bo’lishi lozim. Darslik bazasidagi barcha savollar o’quvchi
uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, har bir
javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak.
19
Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart.
Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki
shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash.
Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi.
Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning
ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq
rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin.
Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta'rif gipermatn yordamida namoyon
bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib
keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta'rifiga, illyustratsiya, jadval,
grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning
ta'riflarini
alohida
saxifada
joylashtirgan
ma'qul.
Zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta'lim sohasida
yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu
maqolada shu vazifalardan biriga, ya'ni zamonaviy axborot texnologiyalarining
multimedia vositalaridan foydalangan holda ta'lim berishning yangi bosqichiga,
elektron darsliklarni ta'lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik.
Dostları ilə paylaş: |