Bilmasvoy: Bu o’simliklarni chaynasam kasalim tuzaladimi doktor?
Doktor Voyjonim: Yo’q! Zinhor bazinhor chaynamang! Birinchidan, bu o’simliklarni quruq havoda quritish kerak. Moychechak gulini, yozni iyun va avgust oyigacha, terib quritish tafsiya etiladi. Bargizubning barglarini esa iyundan sentyabrgacha terib quritiladi. Ularni quruq havosi almashtirilgan, salqin
honalarda quritiladi. Ular yaxshi quritilgandan so’ng suvga solib qaynatma tayyorlanadi.
Bilmasvoy: Yo’q, men bu qaynatmalar bilan tomog’imni tuzata olmayman. Menga gugurt bilan gazning oldiga borish man etilgan. Gaz plitasini oldiga borgani o’lgudek qurqaman. CHunki bir marta gugurt bilan hazillashganimda, portlab ketishimga oz qolgan.
Doktor Voyjonim: SHoshmay tur, bu narsa senga va bolalarga mumkin emas. Bu qaynatmani, faqat kattalar qiladi. Agar siz, bu o’simliklarni terib berib yaqindan yordam bersangiz, kattalarga yordam bergan bo’lasizlar. Bilmasvoy sen endi tomog’ing tuzalguncha qaynatmalar bilan tomog’ingni chayqab tur.
Bilmasvoy: Rahmat. Endi tushundim.
Doktor Voyjonim: Bilmasvoy, endi sen ham biz bilan yur, bolalar bilan birgalikda chiniqasan.
Hamma: Gul, gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
SHunday qilginki biz o’yinlar mamlakatida bo’lib qolaylik.
BOLALAR O’YIN O’YNAYDILAR «MUSHUK VA QUSHCHALAR»
O’yin qoidasi: Bolalardan mushuk tayinlanadi. Qolgan bolalar qushchalar bo’ladi. Polga obruch qo’ylib, unga don sepilgan bo’ladi. Qushchalar don cho’qiyapti, shovqindan mushuk uyg’onib chumchuqlarni quvlab tutadi.
O’YIN «OVCHI VA QUYoNLAR»
O’yin qoidasi: Bolalardan 2ta ovchi tayinlanadi.Qolganlari quyonlar. Yalanglikda sakrashadi shunda birdan ovchilar ularni quvlashib ushlaydi. Qaysi quyonnni ovchilar ushlab olishsa shu quyon o’yindan chiqadi.
Yoz : Gul gul, gul!
Tilagimni
Bajo qil.
Biz sportlandiya mamalakatida bo’lib qol
BOLALAR ESTAFETA O’YINLARINI O’YNAYDI.
Baqalar (sakrash).
Kim suvni birinchi olib keladi. (qoshiqda paqirga suv tashish).