Salomatlik tuman boylik


Quyidagi gap fe’lning qaysi zamonida kelgan?



Yüklə 64,16 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü64,16 Kb.
#196337
1   2   3   4   5   6
Salomatlik

Quyidagi gap fe’lning qaysi zamonida kelgan?
Biz o`zbekistonda yashaymiz.
a) Hozirgi zamon feli.
b) Hozirgi-kelasi zamon
c) Kelasi zamon
d) O’tgan zamon
e) Bu gap fe’l zamonida berilmagan.
13.Topshiriq.Gaplarni ko`chiring fe’llarni qaysi zamonda kelganligini aniqlang?
l. Nima gunoh qilibdi. Menga bolalar bor bo'lsin,og`irimni o`shalar yengil qilayapti.Dalasiga ham yetib bormay turib orqamdan tergovchi boribdi. Soatlar ketidan kunlar, kunlar ketidan haftalar o'tayapti.Botirlar xalqning xotirasida hamisha yashajaklar. U magistraturaga o`qishga kirmoqchi.
14.Topshiriq. Mutaxassislikka doir atamalar lug`ati tuzing.
X. Mashg`ulot.
Nutq mavzusi : Mehnatga haq to’lash
Grammatik mavzu: Fe`l nisbatlari.
1.Topshiriq . Matnni ifodali o’qib chiqing . A) Matnning rejasini tuzing.
Mehnatga haq to’lash
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay , ishbay va lavozimiga qarab haq to’lash shakllari mavjud .
Ish haqi to’lashning vaqtbay shaklida ishchi ko’rsatilgan vaqtda ishlaganligi uchun qayd qilingan miqdorda pui oladi. Masalan bir kunda sakkiz soatlik ish kuni bo’lsa , shu soat uchun haq oladi. Bu haq to’lash turi asosan mehnatni aniq o’lchash qiyin bo’lgan hollarda , masalan sotuvchiga, o’qituvchiga, tibbiyot xodimlariga va boshqalarga qo’llaniladi.
Mehnatga ishbay haq to’lash shakli qo’llanilganda ishchiga ishning bajarilgan soni , hajmiga qarab haq to’lanadi. Masalan tokarning oylik maoshi uning tayyorlagan detallari
(ehtiyot qismlari) soniga qarab bo’linadi.
Maoshning lavozimiga qarab haq to’lash shaklida vaqt va bajarilgan ishlar soni o’zgarmaydi. Oylik yoki yillik stavka (pul miqdori ) kishi egallab turgan lavozimiga bog’liqdir ,ya’ni u bajarayotgan vazifa va majburiyatlarga ko’ra belgilanadi. Maosh ishchi malakasi va ish stajining oshishi bilan ortib boradi .
Firmalarda – menejer , ish yurituvchi , kotib , ilmiy xodimlarga shunday ish haqi to’lanadi.
Asosiy ish haqidan tashqari ishchilarga ko’pgina hollarda qo’shimcha ish haqi ham to’lanadi. Bunga misol qilib avvalo turli xil mukofotlarni olishimiz mumkin . Qo’shimcha ish haqini tashkil qilish korxona rahbariga bog’liq bo’ladi.
Mukofotlar yil oxirida olingan yaxshi natijalar uchun butun bir jamoaga berilishi mumkin .
Rahbar alohida ishchilarni sifat , qiziqarli g’oya va tashabbuskorligi hamda firmaning yubileyi , tug’ilgan kuni munosabati bilan mukofotlashi ham maqsadga muvofiqdir .
Davlat yoki xususiy firma rahbariyati o’z ishchilariga qanday maosh , mukofot berishni o’zlari hal qiladilar. Davlat esa hamma ishchilardan pulning bir qismini “daromad solig’i ” sifatida ushlab qoladi. Daromad solig’ini qancha miqdorda ushlash firmaga bog’liq bo’lmaydi. U ishchi daromadi miqdorining qandaydir foizini tashkil qiladi. Daromd miqdoriga qarab daromad solig’i belgilanadi. Demak, ishchining qo’liga oladigan sof ish haqi quyidagicha bo’ladi:
Maosh, mukofotlar , boshqa daromadlar , -- daromadlar solig’i—boshga soliqlar –sof ish haqi.
Lug’at
ishbay - cдельшина
lavozim - должность
mukofot - премя , награда
xususiy firma - частная фирма
daromad solig’i - подоходный налог

Yüklə 64,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin