________________________________________________________________
"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
xususiy metodlar órganadi. Shuning uchun ta'lim metodlari didakt-olimlarni ham,
metodistlarni ham qiziqtirib keladi.
Bir guruh olimlar ( S. I. Pirovskiy, E. Ya. Golant ) ta'lim metodlarini bilim olish
manbaiga qarab, oģzaki kórsatmali va amaliy me'yorlarga bólsalar, ikkinchi guruhdagi
olimlar ( M. A. Danilov, B. I. Esipov ) ma'lum tipdagi darslarda bajariladigan óquvchilari
vazifasidan kelib chiqib, bilimlarni egallash, kónikma va malakalarni mustahkamlash,
malaka va kónikmalarni tekshirish va baholash kabi metodlarga bólgan.
Yu. K. Babanskiy bólsa ta'lim metodlarini uch katta guruhga ajratadi:
1. Óquvchilarning óquvchilari- biluv faoliyatini tashkil etish metodlari.
2. Óquvchilarning óquvchilari- biluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari.
3. Óquvchilarning óquvchilari- biluv faoliyatini nazorat qilish metodlari.
Tórtinchi guruh olimlar ( M. N. Skatkin, I. Ya. Fermer) bilish faoliyatining óziz
xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta'lim metodlarini
1) tushuntirish - namoyish etish metodi;
2) qayta xotirlash metodi;
3) muammoli bayon metodi;
4) qisman izlanuvchanlik metodi;
5) tadqiqot ( izlanuvchanlik, ijobiylik) metodlari kabilarga ajratiladi.
Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili óqitish metodikasi ham óqitishning barcha
masalalari qatori ta'lim metodlarini tanlashda umumdidaktik sistemaga asoslanilsada,
ammo, uning óziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan metodlari ham mavjud.
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
Ona tili óqitish metodlarini ta'lim metodlari kam órganilgan masalalaridan biridir.
Metodist H. Rustamov bilimlarni olish manbaidan kelib chiqib, ona tili óqitish
metodlarini quyidagicha aytib ótadi:
1) óqituvchining bayoni;
2) suhbat;
3) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish;
4) grammatik tahlil;
5) mashq;
6) darslik ustida ishlash;
7) kórgazmali qurollardan foydalanish;
8) sayohat.
Bu metodlar, birinchidan, qayta xotiralariga asoslangan metodlar bólib, ular
óquvchilarda ijodiy qobiliyatlarni óstirishga tóla muvofiq kelmaydi. Bu metodlarda,
asosan, óqituvchi faoliyati nazarda tutilgan; ta'lim jarayonining subyekti sanalgan
óquvchilari e'tiboridan chetda qolgan. Mazkur tasnifda óquvchilarda izlanuvchanlik
shakllantirish xizmat qiladigan muammoli bayon, qisman izlanuvchanlik, tadqiqot
( izlanuvchanlik) metodlari tamoman óz ifodasini topmay qolgan.
Ma'lumki, dars ikki yoqlama jarayon bólib, unda óqituvchi ham, óquvchi ham faol
ishtirok etadi. Shuning uchun óqitish metodlarini tasnif qilishda nafaqat óqituvchi
faoliyati, balki óquvchilari faoliyati ham asos bólib xizmat qilmoģi lozim.
Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida óquvchilari faoliyati óz - ózidan
faollashmaydi, albatta. U birinchi navbatda, óqituvchi ttomonidan tóģri tanlangan
|