445 «Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» nomli ilmiy-amaliy konferensiya himoyaga muhtoj axoli uchun tanglikni oldini olish va osoyishtalikni qo’llab-
quvvatlashni ta’minlashda muhim ahamiyat ega.
«Inklyuziv ta’lim nazariyasi» fani bo’yicha tayyorlangan o’quv dastur beshta
bo’limdan iborat bo’lib, u o’z tarkibiga inklyuziv ta’limni fan va o’quv predmeti
sifatida o’rganib, O’zbekiston Respublikasi va chet eldagi inklyuziv ta’limning
nazariy uslubiy jihatlarini tahlil etadi, shuningdek, ijtimoiy ishda tadqiqotchilik
loyihasini yozish va rasmiylashtirish, ijtimoiy ishning texnologiyasi va
samaradorligi (nazariy metodologik aspekti) va boshqa bir qator masalalarni
qamrab olgan.
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fani o’qitilishi davomida quyidagi
vazifalarni amalga oshirilishini talab etadi: “Inklyuziv ta’lim nazariyasi” fan sifatida
rivojlanishi bo’yicha chet el hamda mahalliy tajribani o’zlashtirish; inklyuziv
ta’liming insoniyat va jamiyat hayotidagi rolini, yordam ko’rsatish
texnologiyalari hamda uslubiy asoslarini o’rganish; ijtimoiy ishda tadqiqotchilik
loyihasini yozish va rasmiylashtirish; ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda ta’limiy
dastur va o’quv jarayonini tashkillashtirish uslubiyotini o’rganish; ijtimoiy
ishning samaradorligi (nazariy uslubiy jihati) haqidagi bilimlarni boyitish.
“Inklyuziv ta’limda o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq
qilish muhim ahamiyatga egadir. Fan “Inklyuziv ta’lim” sohasining fundamental
nazariy asoslarini, ilmiy-uslubiy yondoshuvlarni egallanilishini nazarga
tutganligi sababli mazkur kursda ta’lim berishning ham an’anaviy usullari
hamda innovasion pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi. Jumladan, qisqa
hajmli ma’ruzalar, aqliy xujum usuli, guruhlarda ishlash, guruhiy namoyishlar,
individual tahlilni amalga oshirish; keys-stadi, ya’ni ijtimoiy hayotdan keltirilgan
vaziyatlarni modellashtirish orqali rolli ijro etish hamda uni muhokama etish,
pover-point namoyish hamda ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslariga mos
darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar,
elektron materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining
barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni
loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan
kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini
o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga
yo’naltirilgan
yondoshuv.
Shaxsning
jarayonli
sifatlarini