Samarali usullari


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix17.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#156556
1   2   3   4   5   6
ZDIFT0782

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, 
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli ta’lim bilan qamrovini 
oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash ko’zda tutildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni 
rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini 
yaxshilash maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv 



444 
«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» 
nomli ilmiy-amaliy konferensiya 
ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
MUHOKAMA 
2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab 
chiqildi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha 
rivojlantirishning 
maqsadli 
ko‘rsatkichlari 
(indikatorlari) 
tasdiqlandi. 
Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga 
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab 
har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich 
amalga oshirilishi belgilandi. Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, 
jumladan: 2020 — 2022-yillar davomida: inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi 
normativ baza takomillashtirish; inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog 
kadrlarni tayyorlash, qayta va malakasi oshirish; inklyuziv ta’lim joriy etilgan 
muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus 
moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur 
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va 
jihozlar bilan ta’minlanishi; inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etish; alohida 
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning 
mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit 
shakllantirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga 
salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga 
oshirish; inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim 
muassasalarining faoliyatiga joriy qilish; 2023 — 2025-yillar davomida: 
inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida joriy qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning 
inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga 
oshirish; inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim 
jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish; 
inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga
ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar 
ko‘rish; o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim 
muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari 
bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari soni 
optimallashtirish belgilab qo’yildi. 
“Inklyuziv ta’lim nazariyasi” sohasi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni 
qo’llab-quvvatlash uchun nafaqat aniq individga, ma’lum bir guruhga, balki 
jamiyat va davlat uchun zarur va muhim hisoblanadi. Shuningdek, ijtimoiy 




Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin