Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


E’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə14/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

E’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to‘liq bayon etilganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 27 ta ilmiy ish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish bo‘yicha tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 4 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi. Turizm sohasida geoaxborot tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
turizmda geoaxborot tizimi iqtisodiy kategoriya sifatidagi faoliyatini ta’minlovchi axborot, dasturiy-tahliliy ta’minoti, texnik qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan tashkil topgan turizm sohasi geoaxborot modelining tarkibiy tuzilishi Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan hududda turizm sohasini rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2022-yil 29-martdagi 06/945-son ma’lumotnomasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan). Ushbu taklifdan foydalanish hududda turistik salohiyatdan samarali foydalanish hamda turizm sohasining raqamlashtirilish darajasini oshirgan;
“Raqamli Qashqadaryo” geografik axborot-tahliliy geoportalini yaratish tarkibida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali madaniy meros yodgorliklarini asrash va turizmni rivojlantirish maqsadida tayyorlangan mintaqaviy geoaxborot portali Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi). Mazkur portaldan foydalanish Qashqadaryo viloyatining turistik salohiyati madaniy meros resusrlari, turistik faoliyat subyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan. Bu esa hududda turistik oqimni ko‘paytirish va turistlarning buyurtmali turlarga bo‘lgan talabini maksimal qondirish imkoniyatini yaratgan;
pandimiyadan keyingi davrda Qashqadaryo viloyati turzimini rivojlantirish strategik rejasini shakllantirish bosqichlarining mexanizmlari geoaxborot tizimidan foydalanish orqali, faoliyatning iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va turizmga yondosh sohalarini birlashtiruvchi maqsadli dasturlar Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan hududda turizm sohasini joriy rivojlantirish rejasini va dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2022-yil 29-martdagi 06/945-son ma’lumotnomasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan). Ushbu taklifdan foydalanish Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish samarador-ligini oshirgan;
Qashqadaryo viloyatining 2023-2026-yillar davrida turizm salohiyatini rivojlantirish istiqbolini geoaxborot tizimini qo‘llash orqali prognoz parametrlari Qashqadaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarma-si tomonidan hududda turizm sohasini rivojlantirish istiqbolini ishlab chiqishda qo‘llanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2022-yil 29-martdagi 06/945-son ma’lumotnomasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 4-avgust 04-18/3941 son ma’lumotnomasi olingan). Natijada Qashqadaryo viloyatiga 2023-2026-yillar davrida kiruvchi turistlar soni hamda provayderlar tarmog‘ida joylashgan turizm faoliyati subyektlarining veb-saytlar soni 1,23 barobarga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan turistik xizmatlar hajmi 1,62 barobarga oshishi prognoz qilingan.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin