Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти



Yüklə 131,31 Kb.
səhifə10/15
tarix10.05.2023
ölçüsü131,31 Kb.
#110902
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
А А Абдувалиев Катта семинар баённомаси 8 05 2023 й

2-savolingizga javobim. Bu yerda kiruvchi turistlar sonining geoaxborot tizmini qo‘llash bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarining korrelyatsion bog‘liqlik darajasi ko‘rib chiqilgan. Bu yerda aynan turizmga bog‘liq ko‘rsatkichlar sifatida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari ishtirokida yaratilgan turistik xizmatlar hajmi, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulangan mijozlar soni, tarmoq va sohalarda foydalanilayotgan maxsus turizm dasturiy vositalari soni, provayderlar tarmog‘ida joylashgan turizm faoliyati subyektlarining veb-saytlar soni inobatga olingan.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent A.Sh.Berdimurodov:
1-Savol: Avtoreferatingizda geoaxborot modelining tarkibiy tuzilmasi va yo‘nalishlari taklif etilgan deyyapsiz. Bu yerda geoaxborot modelining yo‘nalishlari deganda nima nazarda tutilgan?
2-Savol: Siz tomoningizdan taklif qilingan interaktiv elektron xarita mustaqil faoliyat ko‘rsatadimi yoki “google map”ga o‘xshab global tarmoqqa ulanadimi? Bu xarita qanday funksiyalarni bajaradi? Agar mustaqil bo‘ladigan bo‘lsa, afzalligi nimada?
Tadqiqotchi: Savolingiz uchun katta raxmat
1-savolingizga javobim. Bu yerda asosan geoaxborot tizimining milliy iqtisodiyotdagi foydalanish yo‘nalishlari, ya’ni ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ma’muriy boshqaruv organlari, huquq-tartibot organlari va DAN, qurolli kuchlar va milliy gvardiya, ko‘chmas mulk va yer resurslari kadastri, transport va logistika xizmati, turizm va ekologiya, tezkor yordam xizmati, klasterlar va xususiy tashkilotlar, soliq va bojxona faoliyatida, ta’lim va tibbiyot muassasalari, yong‘indan himoya qilish, mahalliy kommunal xo‘jaligi nazarda tutilmoqda.
2-savolingizga javobim. Mazkur interaktiv elektron xarita 2 xil xolatda ham ya’ni onlayn va offlayn tarzda ishlashga mo‘ljallangan. Ayni paytda ishlab chiqilgan interaktiv elektron xarita hududdagi turistik-rekreasion resurslar, ularning hozirgi holati va hududiy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish, hududiy rejalashtirish va turizm sohasini boshqarish manfaatlaridan kelib chiqqan holda tahliliy ishlarni olib borish, hududda turizmning rivojlanish prognozlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.

Yüklə 131,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin