olti yoshdаn yetti yoshgаchа boʼlgаn bolаlаr bilаn oʼtkаzilаdigаn boshlаngʼich gimnаstikа mаshqlаri texnikаsi (6-7 yosh) Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar qoʼlami kengayadi va aniqlashadi. 6-7 yoshli bola oʼzini idora qilish va oʼz harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʼla boshlaydi. Bu yoshdagi bolada mustaqil faoliyat koʼrsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi, qiziquvchanlik yanada ortadi, kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi, oʼz salomatligini nazorat qila oladi. Bu davrda bolaning boʼyi 122-128 sm ga yetadi, ogʼirligi 25-28 kg boʼladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, borliqni bilishga intila boshlaydi, gigienik malakalari shakllana boradi.
Boshlangʼich gimnastika mashqlari asosida harakatlarni takomillashtirish, jismoniy sifatlar (tezkorlik, chaqqonlik)ni, kundalik harakat faolligiga boʼlgan ehtiyojini shakllantirish. Mashqlarni bajarish paytida chidamlilik, muvozanat saqlash, harakatlarni boshqarish va fazoda chamalashni takomillashtirish. Uyushqoqlik bilan harakat qilishga; gimnastika mashqlariga qiziqishlarini qoʼllab-quvvatlash, ularni faqat koʼrsatgandagina emas, balki soʼz bilan tushuntirganda ham aniq bajarishga oʼrgata borish.
Mashqlarni aniq, berilgan tezlikda, musiqa ohangiga moslab bajarish.
Yirik motorikani rivojlantirish. Bolada yurish, yugurish, yumalatish, irgʼitish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy harakatlarni mustahkamlash; gimnastik oʼtirgichda tik turib yura olish; turli holatdagi yugurish mashqlarini bajara olish; tezlik, muvozanat va yoʼnalishni saqlagan holda yugurish; turli xil sakrash mashqlarini bajara olish, toʼsiqlar ichidan emaklay olish koʼnikmalarini rivojlantirishda davom etish.
Sport anjomlari (toʼp, kegli, halqa, v.b.) bilan taʼminlash; bolaning murakkab harakatlarni bajarishga intilishini ragʼbatlantirish.
Maktabgacha taʼlim muassasasida taʼqiqlangan va qoʼllanishi cheklangan mashqlar
Mashq
Cheklash sabablari
Tavsiya etilayotgan almashtirish mashqi
Boshni aylantirish mashqlari
Umurtqa pogʼonasining boʼyin boʼlimini nostabilligi, boʼyin mushaklarining yomon shakllanganligi, umurtqa pogʼonasining boʼyin elementlarini siljishi mumkin.
Oldinga, yon tomonlarga ogʼishlar va burilishlar
Boshni orqaga tashlash (egish)lar
Аlmash mashqi yoʼq
Boshda tik (stoyka) turish
Elkani orqaga-pastga tushirib bajariladigan mashqlarni bajarish
Boʼyinni haddan ziyod choʼzish
Qorin boʼshligʼining yuqori boʼlimini trenirovkalash: osmonga qarab yotgan holatda gavdani koʼtarish, qoʼllar boshni ostiga yigʼilgan
Umurtqa pogʼonasining boʼyin elementlarini haddan ziyod zoʼriqishi, qoʼllar bilan umurtqa pogʼonasining boʼyin boʼlimiga oʼta kuchli bosilishi mumkin.
Qoʼllarning holatini oʼzgartirish
Qorin boʼshligʼining quyi boʼlimini trenirovkalash: osmonga qarab yotgan holatda oyoqlarni birga ushlab koʼtarish
Kuchanish fazasi boʼyin va bosh tomirlariga taʼsir oʼtkazadi.