Samaraqand davlat universiteti



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə40/80
tarix22.07.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#137159
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH

Ko`rsatmalilik usuli
Ushbu guruh usullari mutaxassis yoki boshqa bola tomonidan bajariladigan o`rganilayotgan harakatni ko`rish orqali idrok qilishni ta`minlaydi. Ushbu holatlarda, ko`rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ko`rish orqali idrok etish tez va tasavvurli o`zlashtirishga yordam beradi, o`rganilgan harakatlarga qiziqishni oshiradi.
Ko`rsatish mashqlari bolalar yangi, tasavvurga ega bo`lmagan harakatlar bilan tanishtirishda qo`llaniladi. Mashq bir necha bor namoyish etiladi. Mashqlarni o`zlashtirganlarida (iloji bo`lsa) monitorlar orqali tomosha qilishga imkon yaratish lozim, ya`ni ushbu mashg`ulotda o`zlashtirilayotgan yangi elementni ko`rsatish uchun samarali vosita hisoblanadi. Bolalar mashg`ulotda berilgan vazifalarni bajarishlari uchun video tasvir, suratlar, ko`rgazmali qurollar, multimediya vositalari qo`shimcha vosita sifatida ko`rish qobilyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Mutaxassis mashqni namoyish qilishda diqqat bilan tayyorgarlik ko`rishi kerak. Ko`rsatilgan mashq barcha bolalarga ko`rinadigan bo`lishi uchun qulay joyni tanlash muhimdir. Yelka-kamar, oyoq, qo`llarning holati to`g`risida to`g`ri tasavvur hosil qilish uchun qiyin mashqlarda (uloqtirish, sakrash va boshqalar) turli janrlarda ko`rsatilishi kerak.
Jismoniy mashqlar texnikasini tushuntirish uchun plakat tasvirlar (rasmlar, ko`rgazmali qurollar, fotosuratlar, videoroliklar, inventarlar) ko`rinishidagi ko`rgazmali qurollar, shuningdek kino va multfilmlar namoyishi qo`llaniladi.
Ko`rgazmali qurollar bo`sh vaqtlarida ko`rsatilishi kerak. Ularni tahlil qilganda, bolalar jismoniy mashqlarning ko`ruv tasvirlarini aniqlashtiradilar, jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida ularni to`g`ri bajaradilar va ularning xotirasida aniqroq tasavvur paydo bo`ladi.
Eslatma! xususan, estafeta poygalari: bolalarning uzoq vaqt tomoshabinlarning e`tiborida bo`lish, keskin vaziyatda murakkab mashqlar bolalarning asab tizimini qo`zg`alishiga sabab bo`lishi mumkin.
Musobaqa usuli bolalar harakatlarini yaxshi o`zlashtirgan taqdirda qo`llaniladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin