Samaraqand davlat universiteti


Jismoniy tarbiya va ommaviy tadbirlarni rejalashtirish



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə36/80
tarix22.07.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#137159
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH

Jismoniy tarbiya va ommaviy tadbirlarni rejalashtirish.
Jismoniy tarbiya va ommaviy tadbirlarni rejalashtirish jismoniy tarbiya dam olish rejalari va jismoniy tarbiya bayramlarining ssenariylarini ishlab chiqishni o`z ichiga oladi.
Mashg`ulotdan tashqari o`tkaziladigan jismoniy tarbiya rejasi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshirish, qoida tariqasida, oyiga 1-2 marta o`tkaziladi va estafeta-harakatli o`yinlar jismoniy mashqlar, ochiq havodagi o`yinlar, estafeta musobaqalari, mashqlar-musobaqalarni o`z ichiga oladi. Dam olish tadbirlari musiqa bilan uyg`unlikdagi ritmik gimnastika mashg`ulotlari yordamida bolalarni motivatsiyaga undaydi. Musiqa bilan birga olib boriladigan tadbirlar jismoniy mutaxassis va musiqa rahbari hamkorligida amalga oshiriladi.
Mashg`ulotdan tashqari tadbirlarni o`tkazishdan maqsad, jismoniy tarbiya mashg`ulotlaridan farq qiladigan faoliyat ekanligi sababli, uni rejalashtirishda vazifalar mashg`ulot emas, balki jismoniy tarbiya mashg`ulotida o`rganilgan ko`nikmalarni o`yin faoliyatida takomillashtirishdir. Sog`lomlashtirish vazifasi va bolalarni qiziqtira olish masalalari asosiy maqsad qilib olingan. Mashg`ulotdan tashqari jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya mashg`ulotlaridan farq qiladigan tomoni, uni rejalashtirishda ta`lim berish emas, balki jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida o`rganilgan materialni turli o`yinlar yordamida takomillashtirish vazifalari qo`yiladi.
Tayyorgarlik guruhining bolalari uchun mashg`ulotdan tashqari jismoniy tarbiyaning tahminiy rejasi
Vazifasi: 1) bolalarning estafetali o`yinlarda bir biriga uloqtirish, do`stona munosabatlarni shakllantirish;
2) o`yinlar va estafeta musobaqalarida jamoachilik hissini tarbiyalash;
3) bolalarda harakatlar orqali tasvirni ifodalash qobiliyatini shakllantirish
Joy: sport zali
Vaqt: 30 daqiqa
Jihozlar: kublar, to`plar, keglilar, xalqa, har bir jamoa uchun alohida bo`lishi shart.
Tarkibi:
1. O`yin «O`z joyingni top!».
2. Guruhlarning jamoalarga taqsimlash.
3. «Kim tezroq» estafetasi.
4. «Buyumning joyini o`zgartiring»
5. «To`pini uzating» estafetasi
6. «Uchinchisi ortiqcha» o`yini.
7. Yakunlash.



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin